66
va taklifning bozor omillari bilan belgilanadi. Quyida bozor iqtisodiyotning
ba’zi sifatlari, tavsiflari keltiriladi:
Xususiy mulk.
Inson yer, binolar, uskunalar
va boshqa tabiiy omillar
hamda odamlar yaratgan ishlab chiqarish omillariga egalik qilish va tasarruf
etish huquqiga ega. Aynan shu o‘ziga xos tomoni tufayli bozor iqtisodiyoti-
ni kapitalistik iqtisodiyot deb atashadi.
Tanlash erkinligi.
Odamlar o‘z firmalarini ochish,
nimani va qandoq
qilib ishlab chiqarishni o‘zlari hal qilish huquqiga ega; ishchilar mashg‘ulot
turini erkin tanlashlari, iste’molchilar daromadlarini o‘z xohishlariga ko‘ra,
saralashlari mumkin.
Shaxsiy foyda
. Odamlar o‘zlariga nima foydali bo‘lsa, shuni qilishlari:
firma – o‘z foydasini maksimallashtirishi, ishchilar – o‘z
daromadlarini
ko‘paytirishlari, iste’molchi o‘z xohishlarini qondirishi mumkin.
Narx mexanizmi (raqobat).
Tovar va xizmatlarning talab yoki tak-
lifning o‘zgarishi narxlarning tebranishini keltirib chiqaradi.
Narxlarning
o‘zgarishlari iqtisodiy resurslarning qayta taqsimlanishiga olib keladi.
Bunda davlatning roli nihoyatda cheklangan. Davlatning iqtisodiy – va-
zifalari juda kam. Uning bosh vazifasi mamlakatning mudofaasini va hu-
quqiy tartibotni qo‘llab-quvvatlab, ta’minlab turishdir.
Dostları ilə paylaş: