62
Narxning maksimal (eng katta) darajasi mahsulotni ishlab chiqarish va
sotishga ketgan xarajatlar bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari doimiy, o‘zgaruvchan va yalpi yoki umumiy
xarajatlarga bo‘linadi.
Doimiy xarajatlar
– xarajatlarning ishlab chiqarish hajmlariga bog‘liq
bo‘lmagan holda o‘zgarmay qoladigan qismi (ijara, issiqlik ta’minoti va
boshqa xizmatlar uchun to‘lanadigan haq)dir.
O‘zgaruvchan xarajatlar
– xarajatlarning ishlab chiqarish miqyoslariga
bog‘liq ravishda kattaligi o‘zgaradigan qismidir.
Yalpi xarajatlar
– doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisidir.
Narx ishlab chiqarishning yalpi xarajatlarini
va muomala xarajatlarining
o‘rnini qoplashi hamda ma’lum miqdordagi foyda olishni ta’minlashi kerak.
Narxning maksimal chegarasi talab tomonidan belgilanadi. Narx qanchalik
baland bo‘lsa, talab shunchalik past bo‘ladi va teskarisi. Ko‘pchilik tovarlar
uchun narx oshganida talab ko‘rsatkichlari pastga qarab egilgan yoki to‘g‘ri
chiziq bo‘ylab intiladilar obro‘ keltiradigan, ularga ega bo‘lish obro‘ sana-
ladigan tovarlar uchun bog‘liqlik ancha murakkab kechadi. Xaridlarining
hajmi nuqtai nazaridan olganda xaridorlarning narxlar o‘zgarishini se-
zuvchanligi narxlarning egiluvchanligi bilan belgilanadi.
Narx ko‘pincha tovarning sifati bilan bevosita bog‘liqligiga amin
bo‘lgan xaridorlarning ko‘zi oldiga tovarning ma’lum bir «obrazi»ni yarata-
dilar. Buning oqibatida narxning pasayishi
xaridlar sonining oshishiga
emas, balki kamayishiga olib kelishi mumkin, chunki xaridorlar bu to-
varlarni sifati past deb hisoblaydilar.
Narxning aniq kattaligi kompaniyaning maqsadlari bilan belgilanadi.
Narxni belgilashning roli raqobatning holati va darajasiga bog‘liqdir.
Katta miqdordagi sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lgan bozorda ku-
zatiladigan sof (erkin) raqobat sharoitida narxga ongli ravishda,
ataylab
ta’sir qilish mumkin emas. U stixiyali ravishda shakllanadi. Cheklangan
miqdordagi hatto bitta sotuvchi bo‘lgan monopolistik bozor tuzilmasida
sotuvchilarning narxlarini o‘z xohishlariga ko‘ra, xohlaganlaricha, hech
qanday cheklovlarsiz qo‘yishlari uchun sharoitlar yaratiladi.
Narxlar belgilash jarayonini izchillik
bilan keluvchi quyidagi bos-
qichlarning yig‘indisi sifatida tasavvur qilish mumkin. Bular:
vazifaning qo‘yilishi;
talabni aniqlash;
xarajatlarni baholash;
raqobatchilarning narxlar va tovarlarini siyosiy tahlil qilish;
narx belgilash usulini tanlash;
uzul-kesil narxni belgilash.
Narxni belgilash usulini tanlashga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
63
- bozorning aniq sharoitlari (monopoliyalashish
darajasi, egiluvchanlik,
xaridorlar doirasi);
- sotilayotgan mahsulotning holati (yangilik darajasi, boshqa tovarlar
bilan o‘zaro almashinilinishi, patentlik himoyalanganlik darajasi).
- firmaning tarmoqdagi ahvoli (yetakchi yoki yetakchilikka da’vogar).
Narxni belgilar ekan, sotuvchi xaridorning narxni ruhiy-psixologik
qabul
qilish darajasini ham, albatta hisobga olishi kerak.
Firmalar standart yoki shaklini o‘zgartiruvchi narxlar siyosatini olib
borishadi.
Standart
baholar – shunday baholarki, ular uzoq vaqt davomida
o‘zgarmasdan qoladilar. Standart narxlar qo‘llanilayotgan holatda, agar fir-
maning xarajatlari oshib ketgan bo‘lsa, u narxni oshirishdan ko‘ra, o‘rash
(upakovka)dagi mahsulotni miqdorini kamaytirishni afzal deb biladi.
Shaklni o‘zgartiruvchi narxlar siyosati qo‘llanilganida
narxlar xarajatlar,
talab, raqobatchilarning narxlardagi o‘zgarishlarga javob beradilar, ularga
qarab o‘zgaradilar.
Dostları ilə paylaş: