Taqsimlash litsenziyasi – uzoq muddatli tashqi savdo dasturi
doiralarida tasdiqlangan tovarlarni ko‘p martalab jo‘natish (yetkazib ber-
ish)ni amalga oshirish imkoniyatidir.
Malakalangan bosh litsenziya vakolat idoralar bilan amallar o‘tkazishni
ma’qullagan xaridorga tovarlarni ko‘plab marta eksport qilishga ruxsat be-
radi.
Litsenziyalashdan tashqari bojxona rejimini tartibga solish eksport yo-
ki importni litsenziyalash hisobiga ham amalga oshirish mumkin.
Import kvotasi – bu mamlakatga tovarlarni olib kirish cheklangan pay-
tdagi cheklashlarning nota’rif shaklidir. Import kvotalarining mutlaq va
ta’rif turlari mavjuddir.
Mutlaq kvota – bu olib kirishga ruxsat etilgan tovarlarning belgilangan
miqdori, ta’rif kvotasi esa aniq tovarni ma’lum bir davr mobaynida pa-
saytirilgan stavkalar bo‘yicha to‘lab olib kirishga ruxsatdir.
Eksport kvotasi eksportga tovar taklifini cheklash usuli va eksport
narxlarining pasayshining oldini olishidan iboratdir. U tovarlarning mamla-
kat ichkarisidagi taklifini ta’minlash uchun va ichki bozorda bu tovarlarning
narxlarining haddan tashqari oshib ketishiga yo‘l quymaslik uchun
qo‘llaniladi.
Bojxona rejimini tartibga solish, shuningdek, importga
nota’rif ta’sir ko‘rsatishni joriy etishni ham ko‘zda tutadi.
Nota’rif ta’sir ko‘rsatish milliy standartlar, ekologik talablar,
mahsulotning energiya iste’moli nuqtai nazaridan kelib chiqadigan
xafvsizlik talablari orqali amalga oshiriladi.
Boshqa shakllarga eksport subsidiyalari taqdim etilganida, eksport
mahsulotlariga soliqlar bekor qilinganida yoki pasaytirilganida eksportni
rag‘batlantirishni kiritish mumkin.
Bojxona rejimini tartibga solishning yana bir shakli halqaro kelishuvlar
tuzish va
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining ishida qatnashishidir.