Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Nazorat savollari 
1. Iqtisodiy nazariyaning asosiy muammosini tuzib bering. 
2. Iqtisodiy tizimlarni tasniflashning asosiy belgilarini sanab bering. 
3. Iqtisodiy tizimni tanlash muammosi nimadan iborat? 
4. Iqtisodiy tizimning bosh masalalari (savollari): Nima? Qanday qilib? 
Kim uchun? Uning mazmunini ochib bering. Bu savollar yoniga 
o‘zingizdan savollar qo‘sha olarmidingiz. Javobingizni asoslab bering. 
5. Iqtisodiy tizimning subyektini tanlash asosida qanday omillar yotadi? 
6. Rivojlanishning o‘zbek modelini o‘ziga xos tomonlari nimalardan 
iborat? 
7. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili nimani 
taqozo etadi? 
8. O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish jarayonining strategik maqsad-
larini sanab bering. 


71 
I
Q
TISODIY SIKLDA DAVLATNING ROLI 
 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi 
Bozor mexanizmi davlat tomonidan tartibga solishsiz ishlay olmaydi. 
Davlatning tartibga solishsiz normal bozorning bo‘lishi mumkin emas. Bu 
davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga bozor mexaniz-
mining ishlashi uchun normal sharoitlar ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy 
muammolarni hal qilish maqsadida ta’siridir. Iqtisodiyotning davlat 
tomonidan tartibga solinishi o‘z ichiga turli: byudjet-soliq, pul-kredit, 
ma’muriy shakllarni oladi. Ma’muriy tartibga solish, masalan, majburan 
kartellashtirish, korxonalarni ochish uchun ruxsat olish va hokazo kabi cho-
ralar yordamida amalga oshiriladi. Byudjet-soliq shaklida tartibga solish 
byudjetining daromad va xarajat qismlarini tenglashtirishni ko‘zda tutadi. 
Tanqislik bilan moliyalashtirish inflyatsiya jarayonlarini kichraytiradi, ular-
ga turtki va zamin bo‘ladi. Shuning uchun davlat byudjetni muvozanat-
lashtirishga intiladilar, pul-kredit shaklida tartibga solish foiz stavkalarini 
o‘zgartirishni, «ochiq bozor»dagi amallar (operatsiyalar)ni, majburiy bank 
zaxiralarining me’yorlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. 
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo‘lgan rag‘batlar va tamoyil-
larning samaradorligini ijobiy baholagan holda unga xos bo‘lgan salbiy 
tomonlarni ham inkor etib bo‘lmaydi, ular iqtisodni nomo‘’tadil rivojlanishi 
tendensiyalari (inflyatsiya, ishsizlik, o‘sish sur’atlarining pasayishi), daro-
madlarning taqsimlanishidagi tengsizlikning kuchayishiga olib keluvchi 
tendensiyalarni yuzaga keltiruvchi, ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni rivojlantirish imkoni-
yatlarini cheklovchi bozor qonunlarining amal qilishning oqibatlaridir. 
Shuning uchun hozirgi zamon bozor tizimi uchun iqtisodiy rivojlanish-
ga davlatning aralashishi zarurdir. Buning miqyosi va shakllari har bir 
mamlakatda turlicha variantlardadir. Ammo bozor iqtisodiyotida davlatning 
iqtisodiy vazifalarini kengaytirish uchun obyektiv chegaralar mavjuddir. 
Bozor mexanizmining harakatlarini to‘g‘rilab, uning salbiy tomonlarini 
yumshatib turar ekan davlat bozor narxlarini shakllantirishning asoslarini va 
erkin raqobatni buzilmasligi kerak. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin