75
shirish)dan ishlab chiqarish omillarining egalari ularni biznes sohasida ish-
latganlik uchun xaridorlar esa o‘zlariga zarur bo‘lgan tovarlar va xiz-
matlarni sotib olishda ko‘proq foyda ko‘rishdan manfaatdordirlar.
Tadbirkorlik erkinligi, tanlash erkinligi va shaxsiy manfaat, bozor al-
mashinuvi ishtirokchilari o‘rtasida tortishuv, raqobat munosabatlarini
shakllantiradi. Bu munosabatlar iste’molchilar nimalarni afzal ko‘rishlarini
aks ettiruvchi va ishlab chiqaruvchilarni hamda ishlab chiqarish resurslarining
egalarini shunga moslashishga majbur qiluvchi bozor narxlari tizimi orqali
tatbiq qilinadi, amalga oshiriladi.
Shunday qilib, baho mexanizmi bozor iqtisodiyotini rivojlantirishni
muvofiqlashtiradi, uning samaradorligi bozor tizimi ishtirokchilarni soniga,
ularning qaror qabul qilishdagi erkinlik darajasiga bog‘liqdir. Nimani,
qancha, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarish» muammosi bozor tiz-
imida samarali ishlayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun qulay sharoitlar
yaratib bera borib, tovar ishlab chiqarish texnologiyasini uning takomil-
lashuvini va tejamkorligini oshishini rag‘batlantirgan holda belgilaydigan
narxlar asosida hal qilinadi. Bozor narxlari bozorga tushayotgan
mahsulotlarning taqsimotiga hal qiluvchi ta’sir qiladi. Chunki birinchidan,
narx iste’molchining tovar va xizmatlarning qaysi turini tanlashi muhim
mezondir. Ikkinchidan, ishlab chiqarish omillarining narxlari jamiyatning
daromadlarini shakllantiradi va demak, aholining turli qatlamlarini xarid
qobiliyatini belgilaydi.
Narx mexanizmi iqtisodiyotning tashkilotchisi va muvofiqlashtiruvchisi
sifatida chiqadi, harakat qiladi. Narxlar uning yordamida tadbirkorlar ham,
ishlab chiqarish resurslarini egalari ham bozorga mo‘ljal oladigan signal tiz-
imi rolini o‘ynaydilar. Bu signal tizim faqat erkin raqobat sharoitlaridagina
samarali ishlaydi. Birinchidan, shuning uchunki, faqat shunday holatdagina
narx signallari bozor talabini aniq aks ettiradi. Ikkinchidan, aynan raqobat
bozor agentlarini bu signallarga muvofiq ish tutishga majbur qiladi:
uchinchidan, u xususiy va ijtimoiy manfaatlarning yaqinlashuvini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: