YaMM (yalpi milliy mahsulot) ko‘rsatkichida raqamlarida ifodalanadi. Uni mamlakatda bir yil ichida
ishlab chiqarilgan hamma pirovard tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning
bozor qiymatlarining yig‘indisi sifatida belgilaydilar.
Narxlarning umumiy darajasi Ushbu ko‘rsatkich tovarlarning keng guruhining baholar indeksi
yordamida o‘lchanadigan narxlarining o‘rtacha darajasini belgilaydi.
Narxlar (baholar) indeksi narxlarning o‘rtacha darajasining ma’lum bir
davr ichida nisbatan o‘zgarishini ifodalaydi.
Narxlar indeksi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Foiz stavkalarining darajasi tadbirkorlar tomonidan pul mablag‘laridan
foydalanish xarajatlari va pullarning iste’molchilar sektori tomonidan ish-
latilmaganligi uchun mukofotni ifodalaydi.
Stavkalarning foizlari bozor mexanizmi ta’siri ostida bo‘ladi: agar pul
taklifi kamaysa, foiz stavkalari oshadi. Va aksincha, nominal va real foiz
stavkalarini farqlaydilar.
Bandlik Ushbu ko‘rsatkich ishga ega bo‘lgan katta yoshdagi mehnatga qobili-
yatli aholi soni bilan mazkur iqtisodiy tizimdagi ishsizlar sonining nisbatini
aks ettiradi.
Ishsizlikni hisoblab chiqarish va bandlikni baholash uchun asosiy
ko‘rsatkich ishsizlik me’yoridir.
Milliy hisoblar tizimi Joriy yilning joriy yil narxlari Narxlar indeksi bazis yil narxlari = х 100% Real stavka = nominal stavka – inflyatsiya darajasi ishsizlar soni ish kuchi miqdori = . 100% Ishsizlik me’yori
79
Milliy schet (hisob)lar tizimi (MHT) mamlakatning asosiy iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini baholashning xalqaro standartidir. Uning tarkibiy qismlari
quyidagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardir: