1-bo‘limda 5 ta maqsad belgilangan. Asosiy maqsad raqobat
muhitini
yaratishdir. Qayta tashkil etishni ko‘rsatkichlari sifatida tarmoqning, korx-
onaning monopollashtirilish darajasi, xususiylashtirilgan, korxonalarning
soni va ulushi, xodimlar soni, mahsulotning hajmi hamda ulushi aytib
o‘tiladi. Qishloq xo‘jaligiga taalluqli ko‘rsatkichlar: fermerlar soni, ularga
qarashli yerlarning umumiy maydoni, mahsulotning hajmi, qayta tashkil
etilgan davlat xo‘jaliklari va chorvachilik majmualari soni keltiriladi.
Bu bo‘limning
ikkinchi maqsadi – narxlarni erkinlashtirishdir. Ushbu
maqsadning
ko‘rsatkichlari sifatida esa bozor baholari va qayd qilingan
narxlarda sotiladigan mahsulot tuzilmasi, mahsulotning chakana narxlarin-
ing ulgurji narxlaridan oshiqcha foizlari, mahsulotning ichki narxlarining
jahon narxlariga nisbatan chiqariladi.
Uchinchi maqsad sifatida
resurslarni qattiq taqsimlash ulushini qis- qartirish belgilangan. Bu maqsadning
ko‘rsatkichlariga: ishlab chiqarish
vositalarining, tovar resurslarining birjalar, savdo uylari va bozorning
boshqa tuzilmalari orqali sotilgan ulush, davlat idoralari orqali yetkazib ber-
ish ulushi kiradi.
To‘rtinchi maqsad – bu kapitalni qo‘lga kirita olishdir. U nodavlat
sektoriga ajratiladigan kreditlar ulushi, foizlar darajasi, mulk shaklining turli
xili bo‘yicha kreditlarning qaytarilish muddatlari, davlat subsidiyalarining
hajmlari bilan xarakterlanadi.
Nihoyat ushbu bobning
beshinchi maqsadi axborot-huquqiy xizmat bozorini rivojlantirishdir. Bunda polsalting (ishlab chiqaruvchilarga, xari-
dorlarga sotuvchilarga iqtisodiy tashkil qilish masalalari bo‘yicha masla-
hatlar berish) auditorlik (xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy
hisobotlarini tahlil va mustaqil ekspertiza qilish), lizing (kapital
qo‘yilmalarni asosiy fondlarga moliyalashtirish) va boshqa xizmat turlarini
ko‘rsatuvchi tashkilotlarning soni haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.