Iqtisodiyot asoslari


IQTISODIY SIYOSATNING MAQSADLARI



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
iqtisodiyot asoslari

IQTISODIY SIYOSATNING MAQSADLARI
 
Iqtisodiy siyosatning asosiy vazifalari 
Iqtisodiy nazariyalar
xo‘jalik amaliyoti qo‘ygan muammolarga javob 
izlab rivojlanishgan. Lekin ular iqtisodiy faoliyatini anglash va uning dina-
mikasini bashorat qilishning vositasigina bo‘lib qolmoqdalar. 
Iqtisodiy nazariya
– bu voqyelikni xo‘jalik hayotining qonuni, qoidasi 
yoki modeli sifatida taqdim etilgan ta’riflar, tushunchalar, mezonlari 
vositasida uning asosiy xarakteristikalarni aks ettirish (mavhum) umum tiz-
imiy bayon qilishdir. Hamma iqtisodiy nazariyalar to‘rtta umumiy 
xususiyatga egadir, chunki ularning har biri: 

iqtisodiyotdagi hodisalar va jarayonlarni kuzatishlarga asoslangan;

iqtisodiy tizimlarning abstrakt-nazariy modellashtirishni namoyon qi-
ladilar; 

o‘z ichiga kuzatilayotgan hodisalarning oqibatlarini bashorat qilishni 
oladi; 

xo‘jalik amaliyoti uchun tavsiyalar taqdim etadi. 
Nazariyani yaratish va uni tekshirish uchun Iqtisodiyot 
induksiya va 
deduksiya
ilmiy usullaridan foydalanadi. 
Induksiya 
– bu kuzatishlar to‘plamidan nazariya yaratish jarayonidir. U 
xususiy kuzatishlardan umumiylashtirishga o‘tishni ta’minlaydi. 
Deduksiya
– bo‘lajak voqyealarni nazariya yordamida bashorat qilish 
jarayoni. U umumiydan xususiyga o‘tishni ta’minlaydi. 
Iqtisodiy siyosat
. Iqtisodiy muammolarning yechimini topish va ularn-
ing mexanizmini harakatga keltirish bilan shug‘ullanadi. Siyosatchilar agar 
o‘zlari olib borayotgan siyosat muvaffaqiyatli bo‘lishini istasalar, iqtisodiy 
nazariyadan foydalanganlarida, shuningdek, hal qilinayotgan muammoning 
madaniy, ijtimoiy, huquqiy va siyosiy tomonlari bilan ham hisoblashishlari 
kerak. Iqtisodiy siyosat vazifalarining amalga oshirilishi iqtisodiy tizimning 
o‘zgarishi, uning takomillashuviga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida iqti-
sodiy nazariyaning rivojlanishida, yangi ilmiy bilimning real ildiz otgani 
(hayotga tatbiq etilgani)da o‘z aksini topadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin