Pulni tartibga solishni o‘rnatish Hukumat muomalada bo‘lgan Pullarning miqdorini bir qator sabablarga
ko‘ra, nazorat qilishga intiladi. Birinchidan, agar narxlar ko‘tarilsa, hukumat
inflyatsiyadan xavfsirab, muomaladagi pul miqdorini qisqartirishga yoki ju-
da bo‘lmaganda uning o‘sish sur’atini pasaytirishga harakat qiladi. Agarda
aksincha bo‘lib, pasayish kutilayotgan bo‘lsa, hukumat aylanmadagi
(muomaladagi) pul miqdorini oshirib, summalar xarajatlarni oshirishga inti-
ladi.
Bu maqsadlarga erishish usullari
monitor siyosat nomi bilan ma’lum.
Bu nazariya tarafdorlari davlat xo‘jalik hayotiga aralashishini pul massasi-
ning o‘sishining mo‘’tadil sur’atini qo‘llab-quvvatlash bilangina cheklashi
lozim deb hisoblaydilar. Ularning fikriga ko‘ra, uzoq muddatli planda moli-
yaviy ekspansiya foiz stavkalarining o‘sishigagina olib keladi, holbuki,
kredit-pul ekspansiyasi ishlab chiqarishni kengaytirishni emas, balki faqat
inflyatsiyani rag‘batlantiradi. Pul-kredit tizimining qobiliyatiga tayanuvchi
monetar iqtisodiy siyosat iqtisodiyotning ishlashi va rivojlanishiga sezilarli
tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Davlat pul birligi qiymatining mo‘’tadillashishi uchun javobgardir,
buning uchun u tegishli fiskal siyosatni olib boradi va pul taklifini nazorat
qiladi.
Pullarning aksariyat qismi bank depozitlari shaklida saqlanadi,
monter siyosat esa depozitlarning darajasini tartibga solishga yo‘naltirilgan. Bank
depozitivlarining hajmlari:
mijozlarning kreditlardan foydalanish xohishlari va imkoniyatlari
(kreditlarga talab)ga;
banklarning qarz taqdim etish imkoniyatlari (kreditlar taklifi)ga
bog‘liqdir.
Markaziy bank banklarning mijozlariga bo‘lganidek, banklarning
o‘zlariga ham ta’sir qilishga da’vat etilgan. Markaziy bank pulga bo‘lgan
talabni:
foiz stavkalarini o‘zgartirish;
tijorat banklariga moliya masalalari bo‘yicha farmoyishlar berish yo‘li
bilan nazorat qiladi.