Soliqqa tortishning regressiv (pasayib, kamayib boruvchi) tizimi –
soliq undirishning shunday usuliki, unda soliqlarni hisoblash sxemasi
(chizmasi usuli) proporsional tizimining ko‘zgudagi teskari aksidir: bu tiz-
imda soliq stavkasining soliqqa tortiladigan daromad yoki mulkning mutlaq
hajmining o‘sishiga qarab kamaytirib borilishi ko‘zda tutilgan.
Raqobatga bardoshlilikni belgilash Raqobatga bardoshlilik deyilganida tovarning bozordagi muvaffa-
qiyatini, ya’ni keng taqdim etilgan raqobatlashuvchi tovarlar olami
(o‘xshash)lar o‘rtasida aynan shu tovarning afzalligini belgilovchi, tovarn-
ing bozordagi muvaffaqiyatining hal qiluvchi omili bo‘lgan iste’mol va
qiymat (baho) xarakteristikalari tushuniladi.
Sifat – bu mahsulotning unga shart qilib qo‘ygan yoki ko‘zda tutilgan
talablarni qondirish qobiliyatini beruvchi xususiyatlar va xarakteristikalar
yig‘indisidir. Sifat raqobatbardoshlilikning tarkibiy qismidir. Bozor iqti-
sodiyoti sharoitlarida bozor tovarning raqobatga bardoshliligini va sifatini
o‘zi tartibga soladi. Davlat o‘rni esa ularni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir,
xolos. Buning uchun choralarning tizimi tuzilgan. Bular:
Eng avvalo, qonunchilik bazasidir. Uning asosini iste’molchilarning
huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun standartlashtirish va sertifikat-
lashtirish haqidagi qonun, standartlashtirish, me’yorlar va qoidalar ustidan
davlat nazorati to‘g‘risidagi qonun va boshqa hujjatlardir.
Standartlashtirish –
texnikaning
va
axborot
tizimlarining
qo‘shiluvchanligini, o‘zaro almashinuvini, unifikatsiyalanishi (bir xillikka
keltirilishi)ni, tiyinlashtirilishini, mahsulotlar va ishlarning ishlab chiqarish
sifatini boshqarish jarayonlarining xavfsizlik me’yorlari va ekologik tal-
ablarga javob berishini, xarakteristikalar va xususiyatlarining birligini
ta’minlovchi bebaho vositadir. Standartlashtirish obyektiv iqtisodiy qonun-
larini namoyon bo‘lishining shakllaridan biridir.
Sertifikatlashtirish – sertifikat yoki muvofiqlik belgisi vositasida
mahsulotning ma’lum bir standartlariga yoki tashqi sharoitlarga mos, javob
bera olishlarini tasdiqlash maqsadidagi harakatlar va jarayonlarning
yig‘indisidir.
93
Davlat mahsulotning
raqobatga bardoshligini aniqlash
mezonlarini ish-
lab chiqadi. Bular:
texnik parametrlar;
mo‘ljal parametrlari;
ergonomik parametrlar;
estetik parametrlar;
me’yoriy parametrlar.