iqtisodiy rivojlanishdagi uzoq muddatli tebranishlarning qonuniyatlarini tushuntirish ustida ishlamoqdalar.
Iqtisodiy o‘sishning uning traektoriyasi va tezligini belgilovchi turli
omillarning o‘zaro chambarchas aloqasi aniqlangan. Lekin ularning ichidagi
eng muhimi hozirgacha aniqlangan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar muhim-
likni texnologiyalarga, ayrimlari esa tabiiy omillarga beradilar.
Iqtisodiy rivojlanishda talab va taklifning nisbatiga bog‘liq bo‘lgan uz-
un to‘lqinli sikllar mavjud, bunday to‘lqinlarning har birida etakchi sifatida
tabiiy omillarning amal qilishi (harakati) bilan bog‘liq bo‘lgan texnologiya-
larni ko‘rsatish mumkin.
Bashoratlarni ishlab chiqishda boshqa usullar ham ishlatilishi mumkin.
Bu modellarni yasashdir. Masalan, aytaylik iqtisodiyotning
dinamik modeli ishlab chiqilgan. Bu model o‘rta va uzoq muddatli bashoratlarga
mo‘ljallangan va yangidan yuzaga kelgan omillarning ta’sirini hisobga
oladi. Bunday omillarga quyidagilar kiritilgan:
aralash tipdagi iqtisodiyotni modellashtirish vazifasini shakllantiru-
vchi iqtisodiyotning nodavlat sektorini rivojlantirish;
moliyaviy mablag‘larning (inflyatsiyaning yuqori sur’atdagi, davlat
byudjetining topqirligi, pul massasining o‘sishida ko‘rinadigan) bal-
anslashtirilmagani va u moliyaviy oqimlarni tartibga solish usullarining
hamda ularning iqtisodiy o‘sishga ta’sirining tahlil zarurati;
baholar bozor mexanizmlari ishlashi natijasida belgilanadigan
ne’matlar va xizmatlar ro‘yxatining kengayishi. U narxlarning davlat
tomonidan tartibga solinishi va erkin belgilanishi sharoitlarida mumkin
bo‘lgan iqtisodiy muvozanat holatlarini tadqiq etish zaruratini belgilaydi;
31
markazlashgan davlat kapital mablag‘larining keskin namoyishi bilan
izohlanadigan investitsiya mexanizmining o‘zgarishi.