Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128
iqtisodiyot asoslari

MEHNATNING BO‘LINISHI 
 
Mehnat taqsimoti (ixtisoslashish) 
Odamlar qadim zamonlardan beri turli xildagi mehnat faoliyati bilan 
shug‘ullanib kelganlar. Bir xil kishilar bug‘doy va sholi yetishtirsalar, 
boshqalari chorva mollarining podalarini boqqanlar, uchinchilari kiyim-
kechak va poyabzal tikkanlar, qilichlar yasaganlar, turar joylar qurganlar. 
Bunday mehnat faoliyati jarayonida har kuni bir xil ish bilan 
shug‘ullanuvchi odam o‘z kasbini ustasi professionalga aylangan va doimiy 
ravishda mahoratini sayqallab borgan. Mahsulotni tayyorlashda ma’lum bir 
sirlarni bilish va asboblarning alohida to‘plamiga ega bo‘lish ustani mu-
tahassis qilgan, uning mahsulotiga esa talab katta bo‘lib, yuqori sifatliligi va 
nisbatan arzon narxi bilan ajralib turgan. Faoliyatning har xil turlari 
vositasida mehnatning bo‘linishi taqsimoti ro‘y berdi. Ammo bir juft poy-
abzalni tikish uchun ustaga teri, iplar, maxsus asboblar to‘plami zarur 
bo‘ladi. Terini terichi tayyorlagan, ipni boshqa usta eshgan, asboblarni 
temirchi yasagan. Shunday qilib, bir juft poyabzalni ishlab chiqarish ja-
rayonida ma’lum bir kasb ko‘nikmalari yoki kasblarga ega bo‘lgan to‘rtta 
usta qatnashar edi. 
Hozirgi zamon ishlab chiqarishning o‘ziga xos muhim xususiyati 
mehnatining bo‘linishi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonini ixtisoslashtirilgan 
topshiriqlari (amallar)ning katta miqdoriga maydalash, bo‘lishdir. Har bir 
ishchi bu amallarning biri uchun javob beradi va uni butun ish vaqti davom-
ida bajaradi. Shunday qilib, ko‘pchilik tarmoqlarda tayyor tovar yuzlab mu-
tahassislar harakatining natijasidir. 
Ko‘pchilik tarmoqlarda har bir ishchi konveyerda harakat qilayotgan 
obyektga bitta detal o‘rnatadigan yig‘ish liniyalari ishlatiladi. Bunday tiz-
imni, 
odatda, ommaviy ishlab chiqarish
deb ataydilar. 
Mehnatni bo‘lishining ustunliklari 
Mehnatning bo‘linishi
ma’lum qobiliyat va qiziqishlarga mos keluvchi 
ish topish imkoniyatini yengillashtiradi. 
«Ish ustadan qo‘rqadi» har bir ishchi o‘z diqqatini bir nechta nisbatan 
soddaroq bo‘lgan harakatda jamlaydi, unda bu harakatlarni tez va mahorat 
bilan bajarish qobiliyatlari shakllanadi. 
Ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishda mahsulot sherigiga (konveyerda) 
«o‘tadi»; biror daqiqa ishchining harakati uchun bekorga sarflanmaydi. 
Mehnatning bo‘linishida
, to‘g‘ri mehnat turli mayda amallarga 
bo‘linganda, har bir ishchiga u doimiy foydalanadigan asboblarning bitta 
to‘plami kerak bo‘ladi xolos. 
Mehnatning bo‘linishi
ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash 
imkoniyatini beradi. 


27 
Mehnatning bo‘linishini asta-sekin yoyilishi unumdorlikning o‘sishiga 
olib keladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin