Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Nazorat savollari 
1. Quyidagi gaplarda qaysi so‘zlar tushib qolgan? 
Soatiga ______ – bu mehnat unumdorligini o‘lchash usulidir. Ishlab 
chiqarish _____________________ bo‘lganidek, ______________ 
ham yaratishni o‘z ichiga oladi. 
2. Qaysi ikki misol ikkilamchi tarmoqqa kiradi? 
Do‘konda ishlash. 
Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va o‘rash. 
Telefon pultini boshqarish. 
Sutni idishlarga (butilkalarga) quyish. 
3. Mehnat bo‘linishi joriy qilinganda nima ro‘y bermaydi? 
Unumdorlik oshadi. 
Ixtisoslashtirilgan uskunalar ishlatiladi. 
Ish ko‘proq darajada birxillashadi. 
Ish turli xil ko‘nikma va mahoratni talab qiladi. Ishchi ish topish uchun 
kam vaqt sarflaydi. 
4. Sizning fikringizcha mehnatning bo‘linishi tufayli ishchilar qanday 
foydaga ega bo‘ladilar? 
 
 


29 
IQTISODIY SIKL 
Sikl (turkum) bo‘yicha rivojlanish
nazariyasiga XX asrning 20-
yillarida N.D.Kondratev tomonidan asos solingan. U ijtimoiy - iqtisodiy ba-
shorat qilish mumkin va zarur, shuningdek, murakkab va o‘zgarib turuvchi 
Ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va Buning asosida xalq 
xo‘jaligining tizimining hamma darajasida uning muqobil rivojlanishini 
oldindan ko‘ra olish mumkin deb hisoblar edi. 
N.D.Kondratev iqtisodiy 
statistika, dinamka va kon’yunktura 
tushunchasini aniq chegaralab, belgilab olgan edi. U asosiy e’tiborni iqti-
sodiy dinamika qonuniyatlarining tahliliga qaramaydi va kon’yunktura te-
branishlarining to‘lqinsimon jarayonlarini aniqladi. U kon’yunkturaning 
mavsumiy va siklik (turkumiy) tebranishlarini ajratadi, turkumiy siklik) te-
branishlar orasidan 7-11 yilni qamrab oluvchi kichik sikllarni va 40 yildan 
60 yilgacha davom etuvchi katta sikllarni farqlaydi. 
Aynan shunday yondashishgina bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida 
kon’yunktura o‘zgarishlarini uzoq muddatga bashorat qilish uchun ilmiy 
baza bera oladi. Fan va texnika qonuniyatlarini va tendentsiyalarining tahlili 
bashorat qilishning ustuni bo‘lishi kerak, ro‘y berayotgan texnologik inqilo-
blar, zaminida yangi texnologiyalar yotgan ilmiy-texnik yo‘nalishlarni 
shakllantirishga qaratilishi lozim. Shu narsa aniqlanganki, texnikaning 
yetakchi sohalarida innovatsiyalarga o‘tish bilan izohlanadigan inqiloblar 
taxminan 50 yilda bir marta ro‘y berib turadi. 
Texnologik inqiloblardan tashqari ushbu yo‘nalish bo‘yicha texnika 
vositalarining avlodlar almashish (EHM, atom reaktorlari, sanoat robotlarin-
ing avlodlari) o‘rganiladi. Bir yo‘nalish doirasida 200 yil ichida Odatda 3-4 
avlod almashinadi. Odatda, birinchi avlodlar zarar keltiradilar, ikkinchi, 
ayniqsa, uchinchilari texnologiyalarga mujassam etilgan samarani beradilar. 
Texnika vositalarining bitta avlodning hayot sikli 15-20 yilni tashkil qiladi. 
Lekin avlodlar almashinuvi 8-10 yildan so‘ng amalga oshiriladi, chunki 
Oldingi siklning oxirgi bosqichi va navbatdagi siklning birinchi bosqichlari 
vaqt jihatdan bir-birlariga to‘g‘ri keladilar. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin