72
qayta ishlab chiqarishning samarali umumiy sharoitlarini yaratish
(ishlab chiqarish, tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy infratizimni rivojlan-
tirish);
davlat mulkini iqtisodiyotning ushbu sektorida tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish yo‘li bilan sotish (realizatsiya qilish);
bozorning salbiy tomonlarining o‘rnini to‘ldirish;
qayta ishlab chiqarishni makro darajada iqtisodiy dinamikani tartibga
solish
vositasida, investitsion-tuzilmaviy siyosat, ishlab chiqarishning,
ishsizlik va inflyatsiya darajasi ustidan moliyaviy va soliq nazorat yo‘li bi-
lan mo‘’tadillashtirish;
daromadlarni
qayta taqsimlash, transfert (mehnat sarflari bilan
bog‘liq bo‘lmagan) to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li
bilan adolat tamoyil-
lari, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash;
kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash;
fiskal siyosatni o‘tkazish – xo‘jalik yurituvchi subyektlar daromadla-
rining bir qismini byudjetni shakllantirish uchun olib qo‘yish.
XX asrdan boshlab, davlat o‘ziga Iqtisodiy subyekt sifatida xos bo‘lgan
– davlat mulkini va davlat tadbirkorligini rivojlantirish vazifalarini ham ba-
jara boshladi.
Iqtisodiyotda davlat sektori tarixiy o‘sishining eng muhim saba-
blari:
urushlar va milliy mudofaa;
makrodinamik jarayonlarini infratuzilmaviy ta’minlash;
aholi sonini o‘sishi;
urbensiyalash (qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishi);
atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari.
Dostları ilə paylaş: