74
Ilmiy yechimlar ko‘p hajmda qo‘llaniladigan iqtisodiyot-ni
mikroxo‘jalik aloqalari tizimga izchillik bilan integratsiyalari.
Fuqarolarga ijtimoiy kafolatlarning davlat tomonidan ta’minlanishi
mablag‘lar ishlab topishda» hammaga teng imkoniyatlar
taqdim etish va
jamiyatning ijtimoiy muhofazaga muhtoj va mehnatga layoqatsiz qismini
qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekistonda bozor Iqtisodiyotiga o‘tishning mantig‘i va bosqichi
vazifalari:
Iqtisodiyotning davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirish, tad-
birkorlikni rivojlantirish. Zaxira va imkoniyatlarni ishlash va ulardan foyda-
lanish.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimi doirasida vujudga kelgan va bozor
munosabatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy tuzilmalarni
tugatish va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish.
Narxlar ustidan davlat nazoratini asta-sekin cheklash, busiz bozor mex-
anizmining ishlashi mumkin bo‘lmagan, talab va taklifga mos ravishda narx
(bahoni) erkin belgilashga o‘tish.
Muomaladagi pul massasini cheklash maqsadida
pul-kredit va moliya-
viy siyosatni olib borish. Odamlarning bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos-
lashuvini yengillashtiradigan, ijtimoiy muhofaza muhtoj qatlamlarini himo-
ya qiladigan aholini qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli ijtimoiy kafolatlar tiz-
imini yaratish.
Ustun ravishda, asosan iqtisodiy usullarga tayangan holda xalq
xo‘jaligining ijtimoiy mo‘ljalga olish yo‘nalishidagi zarur tuzilmaviy
o‘zgarishlarini ta’minlashi mumkin bo‘lgan faol
tuzilmaviy-investitsion
siyosatni amalga oshirish.
Bozor tizimi xususiy mulk hukmronligi, mehnatning ijtimoiy taqsimoti,
pul yordamida amalga oshiriluvchi almashinuv munosabatlarining rivojlani-
shi bilan ifodalanadi. Har qanday boshqa ijtimoiy tizim kabi u doimiy
rivojlanishda. An’anaviy jamiyatda vujudga kelib, bozor asta-sekin xususiy
tadbirkorlikka tayanadigan bir butun kapitalistik tizimga aylanadi. Bu tiz-
imning aniq zamonaviy variantlarining ko‘pligi va o‘ziga xosligiga qaramay
ularning hammasi yuqori darajada rivojlangan texnologiya, aralash mulk va
iqtisodiyotda davlatning faol ishtiroki asosida rivojlanadilar.
Bozor tizimida xo‘jalik yuritishning tadbirkorlik
erkinligi, ishlashni
istagan har qanday odam
uchun kasb tanlash erkinligi, har qaysi xaridorga
(uning moliyaviy imkoniyatlari darajasida) xarid qilishni tanlash erkinligiga
asoslangan maxsus ixtisoslashgan rag‘batlarni va tamoyillari amal qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatining va bozor tanlovining rag‘bati (stimu-
li)sifatida xususiy iqtisodiy manfaat chiqadi, tadbirkorlar foydani eng ko‘p
miqdorda olish (yoki ishlab chiqarish xarajatlarini eng past darajaga tu-
75
shirish)dan ishlab chiqarish omillarining egalari ularni biznes sohasida ish-
latganlik uchun xaridorlar esa o‘zlariga zarur bo‘lgan tovarlar va xiz-
matlarni sotib olishda ko‘proq foyda ko‘rishdan manfaatdordirlar.
Tadbirkorlik erkinligi, tanlash erkinligi va shaxsiy manfaat, bozor al-
mashinuvi ishtirokchilari o‘rtasida tortishuv, raqobat munosabatlarini
shakllantiradi. Bu munosabatlar iste’molchilar nimalarni afzal ko‘rishlarini
aks ettiruvchi va ishlab chiqaruvchilarni hamda ishlab chiqarish resurslarining
egalarini shunga moslashishga majbur qiluvchi bozor
narxlari tizimi orqali
tatbiq qilinadi, amalga oshiriladi.
Shunday qilib, baho mexanizmi bozor iqtisodiyotini rivojlantirishni
muvofiqlashtiradi, uning samaradorligi bozor tizimi ishtirokchilarni soniga,
ularning qaror qabul qilishdagi erkinlik darajasiga bog‘liqdir. Nimani,
qancha, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarish» muammosi bozor tiz-
imida samarali ishlayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun qulay sharoitlar
yaratib bera borib, tovar ishlab chiqarish texnologiyasini uning takomil-
lashuvini va tejamkorligini oshishini rag‘batlantirgan
holda belgilaydigan
narxlar asosida hal qilinadi. Bozor narxlari bozorga tushayotgan
mahsulotlarning taqsimotiga hal qiluvchi ta’sir qiladi. Chunki birinchidan,
narx iste’molchining tovar va xizmatlarning qaysi turini tanlashi muhim
mezondir. Ikkinchidan, ishlab chiqarish omillarining
narxlari jamiyatning
daromadlarini shakllantiradi va demak, aholining turli qatlamlarini xarid
qobiliyatini belgilaydi.
Narx mexanizmi iqtisodiyotning tashkilotchisi va muvofiqlashtiruvchisi
sifatida chiqadi, harakat qiladi. Narxlar uning yordamida tadbirkorlar ham,
ishlab chiqarish resurslarini egalari ham bozorga mo‘ljal oladigan signal tiz-
imi rolini o‘ynaydilar. Bu signal tizim faqat erkin raqobat sharoitlaridagina
samarali ishlaydi. Birinchidan, shuning uchunki, faqat shunday holatdagina
narx signallari bozor talabini aniq aks ettiradi. Ikkinchidan,
aynan raqobat
bozor agentlarini bu signallarga muvofiq ish tutishga majbur qiladi:
uchinchidan, u xususiy va ijtimoiy manfaatlarning yaqinlashuvini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: