«Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi qonun qabul qilingan bo‘lib, u respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni olib
borish tartibini belgilaydi va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan
me’yorlariga muvofiq, mulk shaklidan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy aloqalar
ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va mulklarini himoya qilinishini
ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotning jahon iqtisodiy tizim-
iga integratsiyalanishishining huquqiy asoslarini yaratadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar faqat davlat darajasidagina emas mintaqalar
darajasida ham shakllanishi lozim. O‘zbekistonda xo‘jalikni mustaqil olib
borish tendensiyalari yorqin aks etib turgan mintaqalarga Toshkent, Samar-
qand, Buxoro, Andijon, Xorazm viloyatlari kiritilishi mumkin.
Xo‘jalik yuritishning bozor tamoyillari iqtisodiyotning davlat va mahal-
liy o‘z-o‘zini boshqarish resurslarini chegaralashni talab qiladi. Mintaqaviy
hokimiyat idoralari rivojlanish mezonlarini mustaqil tanlashlari, investitsiya
siyosatini mustaqil olib borishlari mumkin. Davalt esa umumiy masalalarni
hal qilishi va qaysidir guruhga imtiyozlar bermasligi kerak.
Mintaqaning
tashqi iqtisodiy aloqalari o‘z xo‘jaliklarining afzalliklarini
ochib berishi, bunda mahalliy resurslardan samalari foydalanishlari lozim.
Respublikaning ko‘plab mintaqalarida moddiy, moliyaviy, xom ashyo
resurslarining yetishmasligi kuzatilmoqda.
Shuningdek, texnik bilimlar, tashkilotchilik tajriba ham yetishmaydi.
Bularning hammasi bozor munosabatlarini shakllantirish uchun xorijiy
shakllarni jalb etish masalasini hal qilishni taqozo etadi. Bundan tashqari,
mazkur holat tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishini to‘xtatib, ularga
to‘sqinlik qilib turadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni tubdan qayta qurish uchun
tashqi iqtisodiy oqimlar taqdim etgan tashqi iqtisodiy faoliyat natijalari ta’siri ostida iqti-
sodiyotning turli sohalaridan tuzilmaviy proporsiyalarning o‘zgarishi kabi
masalalar hal qilinishi kerak. Mahsulotning tarmoqlararo oqimlarining piro-
vard iste’moli tuzilmasi bilan o‘zaro aloqasi, shuningdek, eksportga
mahsulot ishlab chiqarishni va import mahsulotlarining iste’molini yaxshi-
lashga, Shuningdek, daromadlarni taqsimlashga yordam berishi kerak
107
bo‘lgan tovar va valyuta oqimlarining o‘zaro aloqasi ko‘rinib, sezilib turishi
kerak.