Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
184
w
www.oriens.uz
September
2022
TERRORIZM VA FUQARO MUHOFAZASI
Bozorov Umidjon Negboyevich
Navoiy viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada “terrorizm” atamasi va uning ma’nosi, din va davlat
munosabatlariga ta’siri, terrorchilik harakatlari tufayli kelib chiqishi mumkin
bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlari haqida so’z
yuritiladi.
Kalit so`zlar: Terrorizm, diniy ong, diniy-ekstremistik g`oyalar, diniy
muassasalar, fuqaro muhofazasi, «Islom lashkarlari», siyosiy «o`yinlar».
ABSTRACT
This article discusses the term "terrorism" and its meaning, its impact on
religion and state relations, and measures to prevent emergency situations that may
arise due to terrorist activities.
Keywords: Terrorism, religious consciousness, religious-extremist ideas,
religious institutions, civil protection, "Islamic armies", political "games".
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается термин «терроризм» и его значение,
его влияние на религию и государственные отношения, а также меры по
предупреждению чрезвычайных ситуаций, которые могут возникнуть в связи с
террористической деятельностью.
Ключевые слова: Терроризм, религиозное сознание, религиозно-
экстремистские идеи, религиозные институты, гражданская защита,
«исламские армии», политические «игры».
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
boshchiligida hukumatimiz tomonidan, bir qancha xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan aholini turli favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilishning huquqiy
asoslarini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20 avgustdagi “Aholini
va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi Qonuni aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solish hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini olish,
favqulodda vaziyatlar keltiradigan talofotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish maqsadida qabul qilingan.