Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 186
w www.oriens.uz September 2022 3. favqulodda vaziyatlarda bolalarning yonlarida ota-onalari yoki boshqa
yaqinlari bo‘lishlari muhimligi sababli, yaqinlari yonida bo‘lishlarini imkon qadar
ta’minlash;
4 tabiiy ofat, baxtsiz hodisa yoki falokat yuz berganda birinchi o‘rinda bolalarga
zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishini, sanitariya-gigiena sharoitlari va yaxshi
ovqatlanishlarini tashkil etish;
5. terrorizm, qurolli to‘qnashuvlar va insonga nisbatan zo‘ravonlikning boshqa
holatlari bolalarda zo‘riqish holatlarni keltirib chiqaradi.
Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning so’nggi 10 yilida xalqaro
jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qo’ydi.
Terrorizm bu – ma’lum siyosiy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan, tinchlikka,
fuqarolar xavfsiligiga va hayotiga zo’ravonlik ishlatish, yoki, uni qo’llash xavf
xatarini tug’diradi. Terrorizm umuminsoniy va davlat ahamiyatiga molik masalalarni
hal etish yo‘lida asosiy to‘siqlardan biri bo‘lish uchun harakat qilayotgan
zamonamizning o‘ta xavfli jamiyatlaridan biridir. Bu jarayonga nisbatan samarali
qarshi turish uchun, avvalo, terrorizmning mohiyatini, uning sabablari, yuzaga kelish
shartlari va omillarini tushunib olish zarur.
Millionlab odamlarning nobud bo‘lishiga olib keluvchi infratuzilma ob’ektlarida
va turar joy binolarida terrorchilik harakatlarining dunyo amaliyotida tez-tez sodir
bo‘layotgan O‘zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy hamda
texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida», «Fuqaro
muhofazasi to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq muhofaza tadbirini shoshilinch
ravishda ko‘rilishini, terroristik xurujlarni oldini olish ishlariga aholining barcha
tabaqalarini jalb etishni talab etmoqda. Iqtisodiy ob’ektlarda terrorchilik harakatlari
tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishchi, xizmatchi va muhandis – texnik
xodimlarni fuqaro muhofazasiga oid amaliy tadbirlar ko‘rish lozim. Hayotiy faoliyat
xavfsizligi asoslari bo‘yicha tegishli ma’ruzalar o‘quv dasturlarini kiritilgan,
aholining xavfsizlik sohasidagi savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv – taktik
mashqlarni o‘tkazish, terrorchilik harakatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi
sharoitlar vujudga keltirgan.
Ma’lumki, mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo`lidan
bormoqda. «Fuqarolik jamiyati» degani esa, birinchi navbatda, jamiyat
boshqaruvining muayyan sohalarini davlat organlari va tashkilotlaridan bosqichma-
bosqich noxukumat tuzilmalarga o`tib borishini anglatadi. Demokratik mamlakatlar
tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolik institutlari ma’naviyat va ma’rifat,