Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
185
w
www.oriens.uz
September
2022
Mamlakatimiz milliy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholini va
hududlarni tabiiy hamda texnogen favqulodda
vaziyatlardan muxofaza qilish,
xavfsizlikni ta’minlash, barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishdan iboratdir. Bu esa
favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va aholini bu xavfdan ogohlantirish
borasida samarali tadbirlar o‘tkazish, favqulodda vaziyat ro‘y berganda tezkor
harakat qilish, insonlarning qurbon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik,
iqtisodiy zarar kam
bo‘lishini, xavfsizlikni o‘z vaqtida ta’minlashni taqozo etadi. Bugungi kunda
favqulodda vaziyatlarda mamlakat va uning aholisi xavfsizligini har tomonlama
ta’minlashga
qaratilgan qaror, farmonlar va meyoriy hujjatlar qabul qilinib,
amaliyotga samarali tadbiq etib kelinmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Favqulodda vaziyat - bu alohida hududda, hudud ob’ektida
yoki suv havzasida
odamlarning normal yashash sharoitlari va faoliyatining buzilishi. Favqulodda
vaziyatning sababi halokat, falokat, tabiiy
ofat yoki boshqa xavfli hodisa, shu
jumladan epidemiya, epizootiya, yong‘in bo‘lishi mumkin.
Shu kabi favqulodda
holatlar sodir bo‘lgan hududda yoki ob’ektda yashash, u yerda iqtisodiy faoliyat olib
borish odamlarning o‘limi yoki jiddiy moddiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Xavf manbasining turi jihatdan favqulodda vaziyatlar:
- tabiiy;
- texnogen;
- ijtimoiy-siyosiy;
- harbiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Dunyoda favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash azaldan umumbashariy
muammoga aylanib ulgurgan. Shunday qilib, sayyoramizdagi
tabiiy va texnogen
ofatlar natijasida har yili millionlab odamlar vafot etmoqda. Jahon miqyosida
mamlakatlar milliardlab moddiy zarar ko‘rmoqda. Joriy yilda tabiiy va epidemiologik
holatlar ta’sirida, ushbu salbiy ko‘rsatkichlar bir necha barobar o‘sishda davom
etmoqda.
Favqulodda
holatlar, ayniqsa bolalar uchun xavf tug‘diradi. Favqulodda
holatlarda bolalar va axolini barcha qatlamiga:
1. Favqulodda vaziyatlarda xotirjam bo‘lishga harakat qilish va ommaviy
axborot vositalari va boshqa manbalardagi himoyalanish bo‘yicha tavsiyalarga amal
qilishlarini tushuntirish;
2. agar hayot va sog‘liqqa zudlik bilan tahdid tug‘ilsa,
xavfli joydan barcha
mumkin bo‘lgan usullar bilan chiqib ketishga harakat qilish kerakligini uqtirish;