O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


sinxron  rejimda o‘tkinchi jarayonlarni mo‘tadillovchi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   182
 
sinxron 
rejimda o‘tkinchi jarayonlarni mo‘tadillovchi
 
dempfer chulg‘ami vazifasini 
ham o‘taydi.
Sanoat uchun mo‘ljallangan sinxron motorlar elektrmagnit qo‘zg‘atish 
uchun tokni mustaqil o‘zgarmas tok manbaidan oladilar. Bunday manbalar 
sifatida 
quyidagilardan 
foydalaniladi: 
o‘zgarmas 
tok 
generatorlari 
(qo‘zg‘atuvchi), ular sinxron motor bilan bitta valda joylashishi mumkin (3.28 
b - rasm) yoki alohida dvigatel bilan aylantirilishi mumkin (3.28 a - rasm), 
yoxud sinxron dvigatel bilan bir valda joylashgan o‘zgaruvchan tok generatori 
bo‘lishi mumkin, shuningdek, sanoat manbasidan olingan tokni tiristorli 


102 
to‘g‘irlagichlar orqali o‘zgarmas tokka aylantirib beriladi. (3.28 c - rasm). Agar 
generatordan o‘zgaruvchan tok olinsa (3.28 d - rasm) yarim o‘ktazgichli 
to‘g‘irlagichlar sinxron mashinaning rotoriga joylashtiriladi, natijada 
qo‘zg‘atish chulg‘amiga alohida cho‘tkalar o‘rnatishning zarurati qolmaydi va 
sinxron mashina kontaktsiz ko‘rinishga keladi. 
Berilgan tezlikka erishish paytida, ya’ni motor asinxron rejimda 
ishlayotganda qo‘zg‘atuvchi kuchlanish o‘chirilgan holda rotor chulg‘amiga 
ulanishi mumkin (yopiq ulangan qo‘zg‘atuvchi sxemasi), shuningdek, 
qo‘zg‘atish chulg‘amida KM kontaktori orqali uzilgan bo‘lishi ham mumkin 
(3.23 va 3.28 - rasmlar sxemalariga qarang). Ohirgi holatda qo‘zg‘atish 
chulg‘ami qarshilikka ulanadi yoki qisqa tutashtiriladi. Tezlik olish paytida 
qo‘zg‘atish chulg‘ami uchlarini ochiq qoldirish mumkin emas, bu holatda 
chulg‘amda katta sirpanish hisobiga katta sirpanish E.Yu.K. to‘planishi 
mumkin. 
Qo‘zg‘atuvchi sifatida tiristorli o‘zgartirgich yoki rotor bilan aylanadigan 
to‘g‘irlagich ishlatilganda yurgazish paytida qo‘zg‘atish chulg‘ami shuntlovchi 
tiristor yordamida qisqa tutashtiriladi. 
3.28 – c - rasmdagi sxemani ko‘rib chiqamiz. Motorni asinxron rejimda 
yurgazish paytida tiristorli o‘zgartirgichdagi (U
d
) kuchlanish nolga teng 
bo‘ladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amida sirpanish E.Yu.K. induksiyalanadi. Uning 
ta’sirida VD stabilitron orqali yordamchi VS tiristori ochiladi va qo‘zg‘atish 
chulg‘ami razryad qarshiliklarga (R) ulanadi. Motor sinxronosti tezligiga 
erishganda E.Yu.K. kamayadi, stabilitron yopiladi va VS tiristori razryad 
qarshiliklarini uzadi, undan so‘ng esa qo‘zg‘atish chulg‘amiga o‘zgartirgichdan 
(U
d
) o‘zgarmas tok kuchlanishi uzatiladi. 3.28. - rasm 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin