часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
814
o‘rtacha oylik ish haqlarini saqlab qoladi.
Mehnat qonunchiligida o‘zini himoya qilish quyidagi hollarda sodir bo‘lishi mumkin:
5
1)
boshqa ishga noqonuniy o‘tkazish;
2)
ish haqini kechiktirib to‘lash (O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 154,
161-moddalari);
3)
mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganligi sababli xodimning hayoti va
sog‘lig‘iga bevosita tahdid, hayot va sog‘liq uchun xavf tug‘ilishi (O‘zbekiston
Respublikasining Mehnat kodeksi 219- moddasi);
4)
xodimni belgilangan talablarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan
ta’minlamaslik, shuningdek, zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan
ishlarni topshirish, agar bu xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanmagan
bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 217-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 92-moddasiga binoan, boshqa doimiy
ishga o‘tkazish (xodimning mehnat vazifalarini o‘zgartirishga) - unga boshqa mutaxassislik,
malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan xodimni uning
roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday holda xodim sog‘lig‘iga
to‘g‘ri kelmaydigan boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas (95-modda).
Mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan mehnat majburiyatlarini bajarishdan bir
tomonlama rad etish, boshqa ishga noqonuniy o‘tkazilgan xodimning o‘zini himoya
qilishdan qonuniy foydalanishi mumkin bo‘lgan holatlar hisoblanadi. Boshqa doimiy ishga
o‘tkazish mehnat shartnomasi shartlaridagi eng muhim o‘zgarish ekanligi sababli, mehnat
qonunchiligi faqat xodimning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligi
belgilangan.
Mehnat shartnomasida xodimning mehnat funksiyasii ko‘rsatiladi (shtatlar jadvaliga,
kasbiga, malakasini ko‘rsatadigan ixtisosiga ko‘ra lavozimga muvofiq ish; xodimga ishonib
topshirilgan ishning o‘ziga xos turi). Ushbu shartlardan birortasining ish beruvchi
tomonidan bir tomonlama har qanday o‘zgarishi noqonuniy boshqa ishga o‘tkazish deb
hisoblanadi. Ish beruvchi xodimning mehnat funksiyasini bir tomonlama o‘zgartirishi,
mehnat shartnomasida nazarda tutilgan xodimning huquqini buzilishiga olib keladi.
Bunday vaziyatda xodim taklif qilingan ish uning mehnat shartnomasida nazarda
tutilmaganligini asos qilishi va uni bajarishdan bosh tortishi mumkin. Xodim bunday rad
etishga faqat noqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda haqlidir.
Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid soladigan ishni bajarishdan bosh
tortishi masalasi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 219-moddasida nazarda
tutilgan. Mazkur modda xodimga uning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar
bartaraf etilgunga qadar mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi sababli uning
hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda ish bajarishdan bosh tortish huquqini beradi.
5
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. - T.: Adolat, 2018.