Международный
научный
журнал
№
6
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
809
MEHNAT NIZOLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
I.Akramov
Namangan viloyati yuridik texnikumi “Ommaviy huquqiy fanlar” kafedrasi
o‘qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada milliy va xorijiy huquqshunos olimlarning mehnat
nizolari tushunchasi va turlariga oid ilmiy-nazariy qarashlari tahlil qilingan.
Tahlil yakunlari bo‘yicha mehnat nizolari tushunchasi va turlari bo‘yicha ilmiy-nazariy
yondoshuvlarning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
mehnat qonunchiligi, mehnat nizosi, mehnat tushunchasi, mehnat
turlari, mehnat shartnomasi va b.
Mehnat bozor iqtisodiyotining asosiy elementidir. Iqtisodiyotning
boshqa tarkibiy
qismlari bo‘lgan tadbirkorlikning mulkiy, tashkiliy- huquqiy shakllar, investitsiyalar, foyda,
soliqlar mehnatdan kelib chiqadi.
Jamiyat rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari mehnat dunyosida vujudga
keladigan munosabatlarga yangi talablarni qo‘yadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim
omillari - bu xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarda
qonuniylik va adolatni
ta’minlash, korxona va tashkilotlarda ishlaydigan xodimlarning mehnat huquqlarini
samarali himoya qilish, o‘zboshimchalik bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning
oldini olish, ba’zi ish beruvchilar va xodimlarning o‘z lavozimini suiste’mol qilishlari oldini
olishga qaratilgan.
Amerikalik
tadqiqotchilar
fikriga
ko‘ra,
insonning
mehnat
bozoridagi
muvaffaqiyatining 85 foizi paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilishda uning tezkorligi va
oldindan ko‘ra bilish qobiliyati, 15 foizi esa kasbiy mahoratiga bog‘liq ekan.
Ish beruvchi va u yollagan xodim manfaatlari har doim ham bir-biriga to‘g‘ri
kelavermaydi, shuning uchun nizolarni keltirib chiqaradigan
mehnat munosabatlari
rivojlanishi va rivojlanishining har qanday bosqichida ushbu manfaatlarning to‘qnashuvi
sodir bo‘lishi mumkin.
Belgilangan me’yorlarga javob bermaydigan mehnat shartlari, xodimlarning - mehnat
munosabatlari subyektlarining qonuniy manfaatlarini e’tiborsiz qoldiradigan samarasiz
boshqaruv
- bularning barchasi, qoida tariqasida, mehnat
huquqiy munosabatlaridagi
tomonlar o‘rtasida nizolar keltirib chiqarishi mumkin.
Mehnat qonunchiligi sohasida yuzaga kelgan ziddiyatlarni hal qilishning eng samarali
vositasi bu ijtimoiy sherikchilikdir. Aynan tripartizm tamoyiliga asoslangan ijtimoiy
sherikchilik munosabatlarining ishtirokchilari mehnat munosabatlarida qonuniylik rejimini
yaratuvchi hisoblanadi. Ammo mamlakatimizda ijtimoiy sherikchilik
rivojlanishi sust
darajada, shuning uchun tomonlar kelishuv jarayonlari yordamida hal qilinishi mumkin