часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
816
tegishli vakolatli organga murojaat qilgan taqdirda, mehnat nizosi kelib chiqadi.
Mehnat nizolarining paydo bo‘lish dinamikasi quyidagicha:
-
mehnat huquqbuzarligi;
-
mehnat munosabatlari subyektlari tomonidan uning turlicha baholanishi
(kelishmovchilik);
-
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda tomonlarning kelishmovchiliklarni hal qilishga
urinishi;
-
ushbu kelishmovchilikni vakolatli organga hal qilish to‘g‘risidagi murojaati (mehnat
nizosi).
Yuridik adabiyotlarda mehnat nizosi tushunchasining turli xil ta’riflari mavjud.
Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, keng ma’noda mehnat nizolari - bu mehnat
qonunchiligi, mehnat va jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvlarining qo‘llanilishi bilan
bog‘liq yoki mehnat shartnomasi tuzilishi bilan bog‘liq holda Yuzaga keladigan, normativ-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmagan, odatda, kasaba uyushmasi (yoki ularning
ishtiroki bilan) yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan belgilanadigan boshqa usul
sifatida ko‘rib chiqiladigan yangi ish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq mehnat
munosabatlari subyektlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklardir.
Boshqa bir guruh olimlar yakka mehnat nizosini qonun bilan qabul qilingan mehnat
qoidalarini, jamoa shartnomalarini, kelishuvlarini, mehnat shartnomasi (kontrakt)
shartlarini qo‘llash bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishmovchilikning vakolatli
organlar tomonidan ko‘rilishi deb tushunishadi.
Yana boshqa olimlar mehnat nizolari «xodim va ish beruvchining mehnat va boshqa
ijtimoiy qonunchilikning amaldagi me’yorlarini belgilash va qo‘llash to‘g‘risidagi
kelishmovchiliklaridir, ular manfaatdor xodimlar (yoki ularning vakillari) tomonidan ish
beruvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda hal qilinmagan va nizoga aylangan, mehnat
nizolari komissiyasida (MNK) yoki sudda ko‘rilgan ish» deb tushunishadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalarini hisobga olgan
holda, mehnat nizosi tushunchasiga quyidagi ta’rif berilishi mumkin.
Mehnat nizolari - bu ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va
boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini
qo‘llanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Bunday hollarda nizoning xodim
manfaatini ifoda etuvchi tarafi bo‘lib xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi mumkin.
Ushbu ta’rif mehnat nizosining quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi:
1)
mehnat munosabatlari tomonlari o‘rtasidagi ziddiyat;
2)
tomonlar muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali ushbu qarama- qarshilikni
o‘zlari hal qila olmadilar;
3)
kelishmovchiliklar mehnat qonunchiligi, mehnat qonunchiligi normalarini o‘z
ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomalarini, lokal
normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash yoki yangi mehnat shartlarida yoki mavjud ish