часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
819
qonuniy manfaatlari himoya qilinadi. Bunday nizolar, masalan, boshqa ishga o‘tkazish yoki
noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimni qayta tiklanishi, ishdan asossiz chetlashtirish
natijasida yo‘qotilgan vaqt uchun to‘lov undirish, intizomiy jazoni bekor qilish va h.k.lar
to‘g‘risida kelib chiqishi mumkin.
Yakka mehnat nizolarining predmeti mehnat qonunchiligini, boshqa lokal hujjatlarni
(jamoa shartnoma, mehnat shartnomasi shartlari) qo‘llashda xodim yoki ish beruvchining
qonuniy huquqlari va manfaatlarini buzish, qonuniy talablarga rioya qilmaslik holatlari
hisoblanadi.
Jamoalarga doir mehnat nizosining taraflari ish beruvchi (ish beruvchilar) va xodimlar
jamoasi hisoblanadi.
Jamoalarga doir mehnat nizolarida xodimlarning butun jamoasi yoki ma’lum
qismining (bo‘linmasining) huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi. Jamoalarga
doir mehnat nizosining predmeti xodimlarning ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti,
mehnatni muhofaza qilish va xodimlarning manfaatlariga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy-
iqtisodiy sohadagi umumiy talablari bo‘lishi mumkin.
Jamoalarga doir mehnat nizolari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 281-
moddasida ko‘zda tutilgan (nizolar) - ish beruvchi (ish beruvchilar birlashmasi) va xodimlar
jamoalari (xodimlarning vakillik organlari) o‘rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash
va mavjud shartlarini o‘zgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, o‘zgartirish
va bajarish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.
Jamoalarga doir mehnat nizolari uchta huquqiy munosabatlardan kelib chiqishi
mumkin:
•
mehnat jamoasining ish beruvchi, uning ma’muriyati, shu jumladan yuqori
boshqaruv organi bilan huquqiy munosabatlari;
•
kasaba uyushma qo‘mitasining ma’muriyat bilan huquqiy munosabatlari;
•
mahalliy hokimiyat organlari vakillari ishtirokida xodimlar va ish beruvchilar
vakillari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik huquqiy munosabatlarda respublika, hududiy va
tarmoq darajada.
Jamoalarga doir mehnat nizolari predmetiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
•
mehnat jamoasi va ish beruvchi o‘rtasidagi nizolar;
•
kasaba uyushma qo‘mitasi va ish beruvchi o‘rtasidagi nizolar;
•
yuqori kasaba uyushma organi va ish beruvchilar uyushmasi o‘rtasida ijtimoiy
sheriklik shartnomalari bo‘yicha nizolar.
Mehnat nizolari mohiyati bo‘yicha ikki turga bo‘linadi:
•
huquq to‘g‘risidagi nizo, ya’ni belgilangan mehnat qonunchiligi normalarini, jamoa
shartnomalarni yoki mehnat shartnomalarini, huquq va majburiyatlarni qo‘llash
to‘g‘risidagi nizolar. Bunday nizolar mehnat qonunchiligi sohasidagi barcha huquqiy
munosabatlardan kelib chiqishi mumkin, ya’ni ham mehnat munosabatlaridan, ham
mehnat bilan bog‘liq munosabatlardan kelib chiqadigan, xodim yoki kasaba uyushma