часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
811
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni va xodimning qonuniy manfaatlarini himoya
qilishdan maqsad, xodim o‘z huquqining obyekti bo‘lgan ijtimoiy imtiyozlardan erkin
foydalanadigan sharoitlarni ta’minlashdir.
Tor ma’noda xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish - mehnat huquqlariga rioya
etilishini ta’minlash, ularni buzilishlardan himoya qilish, shu jumladan buzilgan mehnat
huquqlarini oldini olish, tiklash, ish beruvchilar va ularning vakillarini mehnat qonunchiligi
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortishni o‘z ichiga
oladi.
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish turli shakl va usullari bilan farq
qiladi.
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish shakli, ushbu himoya
ixtisoslashtirilgan tartibda amalga oshirilganligiga yoki mehnat huquqlari mavjud bo‘lgan
shaxs tomonidan mustaqil ravishda tashkil etilishiga qarab, xodimlarning mehnat
huquqlarini himoya qilish subyektlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Yurisdiksion va noyurisdiksion mehnat huquqlarini himoya qilish shakllari mavjud.
Yurisdiksiya shakli mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yoki buzilish
xavfi tug‘ilgan xodim, mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun
zarur bo‘lgan choralarni ko‘rish bo‘yicha vakolatli organlarga murojaat qilishi tushuniladi.
Ushbu shakl doirasida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish sud, ma’muriy va
jamoatchilikka bo‘linadi.
Noyurisdiksion mehnat huquqlarini himoya qilish shaklida xodim va (yoki) uning
vakolatli vakillari mustaqil harakatlari bilan o‘zlarini himoya qilishadi. Ushbu shakl mehnat
huquqlarini himoya qilish tartibida, shuningdek, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat
tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 16-moddasi xodimning mehnat
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqini belgilaydi.
Xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish usullaridan biri -
bu ularning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilishlaridir.
Mehnat qonunbuzarliklari uchun javobgarlikni xodimlarning mehnat huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish usullaridan biri sifatida ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiqdir.
Xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning quyidagi
usullari mavjud:
3
1)
xodimlar mehnat huquqlarini o‘zlari himoya qilishi;
3
Rahimov M.A.
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish (Qiyosiy-huquqiy tahlil) Monografiya. - T.: TDYUU, 2020.
B.169.