Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari 840 May 12-13 https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference - qo‗shimcha ish o‗rinlarini yaratish va dotasiyalar ajratish (mavjud
daromadlariga qo‗shimcha sifatida); Kichik biznesning rivojlanishini
qo‗llabquvvatlashni kuchaytirish, aholi bandligiga va yangi ish o‗rinlarini tashkil
etishga ko‗maklashish; iste‗mol talabini oshirishni rag‗batlantirish;
- imtiyozli narxlarda oziq-ovqat mahsulotlarini markazlashgan holda
taqsimlash;
- qishloqlarda mustahkam baza, infratuzilma va kommunikasiyalarni yaratish;
O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar, oziq-ovqat
xavfsizligini, chunonchi, qishloq xo‘jaligini tubdan isloh etish va oziq-ovqat
sanoatini rivojlantirish hisobidan ta‗minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora
tadbirlarni quyidagi yo‘nalishlarda izchil davom ettirish maqsadga muvofiqdir:
– oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozori talablari darajasida tayyorlash uchun
korxonalarga zamonaviy texnologiyalar, sifatni boshqarishning yangi standartlarni
joriy etish;
– savdo logistika markazlari tashkil etish;
– yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, idishlar, qadoqlash materiallari
ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar tashkil etish;
– oziq-ovqat mahsulotlarini vakuum usulida halqaro talablar darajasidagi
shisha idishlarda qadoqlash usulini kengaytirish va boshqalar.
Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning uzviy qismi sifatida
oziq-ovqat xavfsizligini ta‗minlash, ulkan ishlab chiqarish salohiyatiga ega
agrosanoat kompleksini jadal rivojlantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratish va
shu tariqa mamlakatimiz farovonligi hamda barqarorligining kafolati bo‘lib
xizmat qiladi