Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari 834 May 12-13 https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference rivojlantirishga ham alohida e‗tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili qishloq xojaligi
mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona, yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va
modernizatsiya qilindi.. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib
ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
bilan uzluksiz ta‗minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-
navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda ―.
Mustaqillik yillarida go‘sht iste‗moli aholi jon boshiga 1,3 marotaba, sut va sut
mahsulotlari 1,6 barobarga, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsuloti iste‗moli esa
deyarli 4 barobarga oshgan. Bu xalqimiz turmush tarzining o‘sib borayotganidan
guvohlik beradi.Tahlillarning ko‘rsatishicha, respublikada, umuman olganda,
iste‗molning minimal darajasi asosan mahalliy ishlab chiqarish hisobiga
ta‗minlanmoqda.Oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar
turi ham sezilarli darajada kengaydi. Masalan, soya, maxsar, kungaboqar kabi
tarkibida moy bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish uchun ajratilayotgan yer
maydonlaridan olingan hosil hisobiga yog‘-moy korxonalari tomonidan yiliga
o‘rtacha 95 ming tonna xom ashyo tayyorlanib, qayta ishlanmoqda. Non va non
mahsulotlari turi ham ko‘paydi. Ayni paytda mamlakatimiz korxonalarida uch
yuzdan ziyod turdagi non mahsulotlari tayyorlanmoqda. Oziq-ovqat sanoati
korxonalari tomonidan 3 mingdan ko‘proq nomdagi turli oziq-ovqat mahsuloti ishlab
chiqarilmoqda va oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti har yili 80 ta yangi nom bilan
boyib bormoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ta‗minlash
maqsadida oziqovqat sanoatining korxonalari ISO-9001 xalqaro sifat standartlari
va tayyor mahsulotlar xavfsizligi xalqaro sifat standarti ISO-22000 joriy
qilingan.Mahalliy oziq-ovqat va xom ashyo ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish,
bozorga xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va iste‗mol me‗yorlarida o‘rnatilgan
assortimentda yetkazish bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda. Bu choralar
respublikada oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirishga ko‘maklashmokda.
O‘zbekistonning oziq-ovqat sohasidagi islohotlari Xalqaro jamoatchilik
tomonidan ham keng e‗tirof etilmoqda. Jumladan, BMT Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 39-sessiyasi doirasida 2015 yilda O‘zbekiston
mingyillik rivojlanish dasturi bo‘yicha yutuqlari (oziq-ovqat sohasidagi
omilkorligi) uchun mukofotlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Britaniyaning
―Economist‖ jurnali tomonidan 2015 yil natijalariga ko‘ra tuzilgan yangi oziq-ovqat
xavfsizligi darajasi reytingida 9 pog‘onaga ko‘tarildi. Bu
reytingga hammasi bo‘lib 109 davlat kiritilgan. O‘zbekiston