Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari 839 May 12-13 https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference berish tizimi ham yaratiladi.Tadbirkorlar 20 foizni oldindan to‗laydi va qolgan 80
foizini 10 yil davomida bo‗lib-bo‗lib to‗laydi.
Bunda tadbirkorlar o‗z loyihalarini vazirlik shaffof elektron platformasi orqali
taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗zi moliyalashtiradi.
2022 yilda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish fizik hajmda 6,2
foizga
oshdi
. Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 1,8 foizga
pasayish
kuzatildi
(yanvar oyida ob-havoning anomal sovuqligi hamda elektr va gaz
ta‘minotidagi uzilishlar fonida o‗tgan yilning shu oyiga nisbatan 8 foizga
pasayish
kuzatildi
).
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda oziq-ovqat sanoatini rivojlanirishga
ijobiy ta‗sir etgan omillar quyidagilardir:
– sifat menejmentining xalqaro andozalari asosida jahon oziq -ovqat
mahsulotlari bozorida milliy bozor ulushini oshirish;
– zamonaviy agrotexnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha loyihalarni amalga
oshirish borasida xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan hamkorlik qilishni
rivojlantirish;
– meva-sabzavot ekinlari va uzum hosildorligini oshirish, infratuzilma va
logistika tizimlarini takomillashtirish;
– oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, sohaga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyali uskunalarni joriy etish, eksport
salohiyatini oshirishga oid zarur qo‘shimcha choralar ko‘rish va boshqalar.
O‗zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta‗minlashning asosiy yo‗nalishlari
bo‗yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi
hamda nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqildi.
1. O‗zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini
ta‗minlash uchun, birinchi navbatda, agrar sohada samarali va oqilona islohotlar
davomiyligi davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanishi va doimiy uning nazorati
ostida bo‗lishi lozim. Bu sohadagi islohotlar oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy
qismi bo‗lgan g‗allachilikda olib borilishi undan yuqori hosil olinishini
ta‗minlaydi va aholida iste‗mol uchun qolayotgan don hajmini yildan -yilga
ko‗payishiga olib keladi.
2. Kam ta‗minlangan va past daromadli aholi qatlamlarini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta‗minlashning quyidagi mexanizmlarini joriy
etish maqsadga muvofiqdir: