Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Turli davr va iqtisodiy maktablar namoyandalarining davlat moliyasiga
oid nazariyalarining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
2.
Siyosiy iqtisod klassiklari konsepsiyalarining moliyaviy jihatlari
nimalardan iborat?
3.
Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi nimalarni o‘z ichiga
qamrab olgan?
4.
Neokeynschilar nazariyalarining moliyaviy jihatlari nimalarni o‘z ichiga
qamrab olgan?
5.
Yangi klassik nazariyalarning moliyaviy jihatlari nimalardan iborat?
Mavzu yuzasidan topshiriqlar
1.
Turli davr olimlarining davlat moliyasini shakllanishi va rivojlanishiga
oid nazariyalarining asosiy yo‘nalishini qamrab oluvchi sistemali jadvalni
shakllantiring
2.
Turli davr olimlarining davlat moliyasi to‘g‘risidagi ilmiy va nazariy
qarashlari o‘rtasidagi farqlar va ularning evolyutsiyasiga oid sxema va chizmalarni
tuzing
3.
Mamlakatimizda
davlat
moliyasi
to‘g‘risidagi
nazariyalarning
rivojlanishi to‘g‘risidagi evolyutsion chizmalarni shakllantiring.
36
4-BOB. DAVLAT MOLIYASI TIZIMI
4.1.Davlat moliyasi tizimi, uning tarkibi va tuzilishi
Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamg‘armalarining tashkil etilishi,
taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat
moliyasining mablag‘lari umummilliy manfaatlar yo‘lida sarflanadi, davlatning
funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasi pul jamg‘armalari, moliya
mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini o‘zida
mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat byudjeti, mahalliy
(munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti),
hukumatga qarashli maxsus jamg‘armalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va
qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.
Birinchi marta “Davlat moliyasi” atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila
boshladi. O‘sha davrda Davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik
davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga
ehtiyoj o‘sdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yig‘ib
olinadigan bo‘ldi, majburiy soliqlar va zayomlar davlat zayomlari bilan
almashindi. Buning oqibatida Davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldi.
Hozirgi vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga
oshirishda Davlat moliyasi katta ahamiyatga ega. U xalqning moddiy va manaviy
turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablag‘ bilan taminlash,
mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish, xalq xo‘jaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish,
iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni
taminlash, davlatni idora qilish va boshqarishda etakchi vosita hisoblanadi. Mavjud
barcha korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari moliyasi Davlat moliyasi va moliya
tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.
“Davlat moliyasi tizimi” atamasiga murojaat qilishdan avval
“tizim”
degan
tushunchaga oydinlik kiritaylik. Turli lug‘atlarda “tizim” so‘ziga “vazifasi
37
jihatidan bir turdagi tashkilotlar yig‘indisi, yoki tashkiliy jihatdan birlashtirilgan
muassasalar yig‘indisi, yoki ijtimoiy tuzum shakli” deb ta’riflar berilgan.
Moliya tizimi ko‘proq “moliyaviy tashkilotlar yig‘indisi”, “turli xil moliyaviy
munosabatlar yig‘indisi”, “moliyaviy bozorlar yig‘indisi” sifatida qaraladi. Lekin
bu ta’riflar vazifa “jihatidan umumiy bo‘lgan va tashkiliy jihatdan yaxlit birlikka
uyushgan” degan majburiy talablarga javob bermaydi.
Yuqoridagi bobda ta’kidlanganidek, moliya iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni
aks ettiradi, bu munosabatlar turli shaklda namoyon bo‘ladi va o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Masalan, korxonalarda foydaning shakllanishi va ishlatilishi,
davlatning qo‘lida soliqlar va boshqa tushumlar evaziga pul fondlarining
to‘planishi va taqsimlanishi, aholi daromadlarining shakllanishi va ishlatilishi –
bularning barchasi moliyaviy munosabatlarning namoyon bo‘lish shakllaridir.
Lekin bu munosabatlarni o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ma’lum bir
sohalar
bo‘yicha guruhlash mumkin. Moliyaviy munosabatlarning har bir sohasi esa qator
bo‘g‘inlardan iborat.
Davlat boshqaruvining turli pog‘onalarida (markaziy va mahalliy darajada)
hamda xo‘jalik yuritishning turli sohalarida (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish,
ishlar bajarish) sodir bo‘ladigan ko‘pqirrali moliyaviy munosabatlarning sohalari
va bo‘g‘inlari yig‘indisi mamlakat moliya tizimini tashkil qiladi.
Bir turdagi iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimini tashkil qilar ekan,
moliya tizimi quyidagi o‘zaro bog‘liq
elementlardan
iborat:
•
moliyaviy munosabatlarning sohalari va bo‘g‘inlari yig‘indisi;
•
har bir bo‘g‘inning ichida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari yig‘indisi;
•
moliyani boshqarish organlari yig‘indisi (4.1-rasm).
Moliya tizimining muhim elementlaridan biri moliyaviy munosabatlarning
sohalari va bo‘g‘inlari yig‘indisidir. Bu munosabatlar bir-biridan farq qiladi, lekin
shu bilan birga, ular bir qator umumiy xususiyatlarga egaki, bu holat ularni alohida
guruhlarga (bo‘g‘inlarga) birlashtirish imkonini beradi.
38
Iqtisodiy sub’yektlar
daromadlarining shakllanish usullariga ko‘ra
moliya
tizimi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
•
davlat (yoki markazlashgan) moliyasi;
•
xo‘jalik sub’yektlari va uy xo‘jaliklari (yoki markazlashmagan) moliyasi.
Dostları ilə paylaş: |