Davlat sog‘liqni saqlash tizimi – davlat mulki bo‘lgan va davlat sog‘liqni
saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va
ilmiy-tadqiqot muassa-salari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan
hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan o‘quv yurtlari, farmatsevtika
korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy
ekspertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab
chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan
bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar;
Davlat xaridlari – byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
Defitsitning hajmi – byudjet defitsitining milliy valyutada absolyut
summada, YAIM hajmiga nisbatan foizda, byudjet daromadlari va xarajatlariga
nisbatan foizlarda aniqlanadigan kattalik;
Direktor jamg‘armasi – umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va
akademik litseylarning o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida
davlat byudjeti hisobidan tuziladigan jamg‘arma;
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi – posyolka, qishloq va ovul,
shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar yig‘ini;
G‘aznachilik memorial orderi – mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna
hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun
foydalaniladigan to‘lov hujjati;
G‘aznachilik organlari – yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, Moliya
vazirligi tarkibidagi davlat organi;
414
G‘aznachilikning axborot tizimi – byudjet operatsiyalari bo‘yicha
kodlashtirilgan va tasniflangan ma’lumotlar avtomatik ravishda yuklanadigan
davlat mablag‘larini boshqarishning axborot tizimi;