Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Jamlanma xarajatlar smetasi 
– byudjet mablag‘larini taqsimlovchi 
tomonidan o‘z tasarrufidagi byudjet tashkilot-larining va byudjet mablag‘lari 
oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi; 
Jon boshiga qarab moliyalashtirish
– bir o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga, 
talabaga, aholi soniga) nisbatan o‘rnatilgan xarajat me’yori, o‘quvchilar 
(tarbiyalanuvchilar, talabalar, aholi) soni hamda muassasaning xususiyatlarini aks 
ettiruvchi 
maxsus 
koeffitsientlarga 
asoslangan 
muassasalar 
xarajatlarini 
rejalashtirish va moliyalashtirish tizimi; 
Joriy byudjet nazorati
– byudjet operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida, 
dotatsiya, subvensiya, ssudalar va byudjet subsidiyalarini ajratish paytida, 
ajratilayotgan byudjet mablag‘larining rejaviy ko‘rsatkichlarga muvofiqligini 
aniqlashda amalga oshiriladigan nazorat shakli; 
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam
– 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari 
bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha 
nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamlar; 
Mahalliy byudjetlar
– Qoraqalpog‘Iston Respublikasi davlat byudjeti, 
viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) 
byudjetlar yig‘indisi; 
Majburiy tibbiy sug‘urta
– tibbiy xizmatlar uchun kelgusida qilinajak 
xarajatlarni qoplash maqsadidagi to‘lovlarni nazarda tutadigan tizim; 
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 
– 
davlat 
investitsiya dasturiga kirgan manzilli loyihalar bo‘yicha byudjetdan ajratiladigan 
pul mablag‘lari; 
Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti –
markaziy hukumat va tegishli 
darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldidagi 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan 
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondi; 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin