417
Pedagogik stavkalar soni
– sinf guruhlari bo‘yicha haftalik o‘quv soatlari
sonini shu sinf guruhi bo‘yicha o‘qituvchining haftalik o‘quv yuklama me’yoriga
bo‘lish orqali hisoblanadigan, o‘qituvchilarning ish haqi xarajatlarini rejalash-
tirishda foydalaniladigan ko‘rsatkich;
Pensiya
– uni olish huquqi qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga
muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to‘lish, nogironlik yoki
boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi;
Respublika byudjeti
– daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori,
shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar
sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladigan davlat byudjetining umumdavlat
ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi;
Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi
– shaxsning o‘ziga o‘zi xizmat
qilish, harakatlanish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat
etish, shuningdek o‘qish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyatini yoki
imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligi;
Shtatlar jadvali
– doimiy xodimlar lavozimlari va bo‘sh o‘rinlar nomlarining
soni va lavozim maoshlarining miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxatni o‘z ichiga
oladigan, byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat;
So‘nggi byudjet nazorati
– hisobot davri va byudjet yili tugagandan so‘ng
amalga oshiriladigan, hisobot yilida byudjet mablag‘larining ishlatilishi, rejaviy
ko‘rsatkichlarning va xarajatlar smetasining bajarilishi, byudjet limitlari va
normativlariga rioya qilinganligi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy natijalarni tahlil
va taftish qilish asosida o‘tkaziladigan nazorat shakli;
Dostları ilə paylaş: