418
Soliq tizimi
– davlat byudjetini va davlatning boshqa fondlarini majburiy
tashkil etadigan, tarkibi amaldagi soliq qonunchiligi bilan belgilab qo‘yiladigan
barcha soliqlar, majburiy to‘lovlar va yig‘imlar turlarining yig‘indisi;
Soliqlar
– majburiy pullik to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini
bildiradi, bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan
soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o‘rtasida sodir bo‘ladi;
Ta’lim tizimi
– davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini
amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, ta’lim tizimining
faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot
ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta’lim sohasidagi davlat
boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar yig‘indisi;
Ta’limni moliyalashtirish manbalari
– ta’lim tizimining faoliyatini
ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘larning manbalari;
Tartibga soluvchi daromadlar
– byudjet tizimi byudjet-lari o‘rtasida
ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy
to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar;
Dostları ilə paylaş: