Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

5.4. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi 
huquq va majburiyatlari 
Hududlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishda mahalliy 
davlat hokimiyati organlari alohida o‘rin egallaydi. 1993-yil 2-sentyabrda qabul 
qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi № 913-XII-son O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga 


61 
bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan 
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari”
8
hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun 
umumiy bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, 
joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, 
yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, 
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan 
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini 
viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Xalq deputatlari 
viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda 
o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashish asosida o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turadilar.
Mahalliy byudjetlarni shakllantirish hamda hududlar ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini ta’minlashda mahalliy byudjetlardan foydalanish jarayonlari 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet 
kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari 
to‘g‘risida”gi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, mahalliy hokimiyat 
organlari ixtiyoriga “mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy 
soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish”
9
vakolati berilgan. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining byudjet sohasidagi 
faoliyatining konstitutsiyaviy asosi o‘rnatilgan. Joylardagi mahalliy vakillik 
hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari 
turlicha bo‘lib, ular avvalo “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda 
belgilangan. 
 
8
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi (02.09.93.) 913-XII-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1-modda. 
9
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda
.


62 
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi mahalliy 
hokimiyat organlarining ularga tegishli hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi 
rolini yanada oshirib, moliya-byudjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va 
ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy byudjetlarning 
salmog‘i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog‘liq, ya’ni 
markaziy hokimiyat hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani 
saqlash, ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog‘liq vakolatlarni joylarga berib 
bormoqda. Mahalliy byudjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir 
etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv organlari hududiy darajada 
davlatning maqsadga muvofiq vazifalarini tobora ko‘proq bajarmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 
Qonunining 7-moddasiga muvofiq, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini 
ma’muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, 
tuman va shaharda mavjud bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat 
qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq O‘zbekiston Respublikasi 
mulkida bo‘lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy 
obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona 
foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida 
nazoratni amalga oshiradilar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, 
viloyat, tuman, shahar hokimi o‘zlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning 
turli shakliga asoslangan korxonalar uchun O‘zbekiston Respublikasining 
qonunlarida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyatini erkin yuritishga 
to‘siqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar”. 
Yuqoridagi Qonunning 8-moddasiga muvofiq esa “Xalq deputatlari viloyat, 
tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o‘ziga berilgan yoki 
qonunlarga muvofiq o‘zi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini 
to‘liq amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-


63 
mulki, mahalliy byudjetlarning mablag‘lari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar-
ning mablag‘lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar 
ahamiyatiga ega bo‘lgan muhandislik infratuzilmasi obyektlari va boshqa 
obyektlar, korxona va birlashmalar, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy 
ta’minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag‘lari hisobi-
dan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil 
etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qog‘ozlar va moliya 
aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo‘lishi mumkin”
10

Mahalliy byudjetlar orqali xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport 
muassassalari, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, kam ta’minlangan 
oilalarga nafaqalar berish xarajatlari moliyalashtirib boriladi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 8
1
-moddasida
11
Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi byudjetdan tashqari jamg‘armalar 
tashkil etishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan, ularga quyidagilar kiritiladi: 
-
fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan byudjet 
tashkilotlari mustasno) ixtiyoriy badallari va xayriyalari; 
-
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar. 
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari 
jamg‘armalarining mablag‘lari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida turadi, olib 
qo‘yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko‘ra 
sarflanadi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, amaldagi “Mahalliy davlat hokimiyati 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 2-sentyabrda qabul 
qilingan bo‘lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida yuzaga keladigan 
dolzarb muammolarni hal qilishda ijobiy rol o‘ynadi. Shu bilan birga, ushbu qonun 
qabul qilingan davrdan beri markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari 
 
10
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
avgustdagi O‘RQ-439-sonliQonunitahririda - O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda) 
11
8
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonliQonunigaasosan kiritilgan (O‘R 
QHT, 2013 y., 52-son, 686-modda) 


64 
faoliyatining ham normativ-huquqiy, ham tashkiliy-amaliy jihatlari tubdan 
o‘zgartirildi va qayta tashkil etildi. Shu sababli ushbu qonunga bir qator 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish va uni takomillashtirish zarurati yuzaga 
keldi. Yangi qonun loyihasining asosiy maqsadi mahalliy davlat hokimiyati 
organlari vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa 
qonunlariga mos ravishda muvofiqlashtirishdan iborat. Umuman olganda, qonun 
loyihasida quyidagi yo‘nalishlarda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi ko‘zda 
tutilgan: 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari va vakolatlari; 

Toshkent shahri va viloyat hokimlarining aholi tomonidan saylanishi tizimi; 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini 
kengaytirish; 

Hokimlarning aholi oldida hisobdorligi va hokimlarning faoliyatini 
baholash; 

Xalq deputatlari tomonidan hokim, prokuror, sud raislari, ichki ishlar 
organlari rahbarlarining hisobotlarieshitilishi; 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining iqtisodiy asoslari, 
jumladan,hududning rivojlanish strategiyasi, mahalliy byudjet, fiskal nomarkaz-
lashtirish mexanizmlarini joriy etish; 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa davlat organlari 
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, davlat 
boshqaruvi organlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari) bilan o‘zaro 
munosabatlari. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 4-bob, 27-
moddasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq 
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining, 
28-moddasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar 


65 
va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, 30-moddasi bilan esa 
hududiy moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari belgilab qo‘yilgan.
Kodeksning tegishli moddasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va 
shaharlar Kengashlari
12

-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, 
tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va 
qabul qiladi; 
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining 
taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi; 
-
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun 
hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi. 
Byudjet 
kodeksining 
tegishli 
bob 
va 
moddalarida 
hududiymoliyaorganlariningbyudjetsohasidagivakolatlari (30-modda), mahalliy 
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet tizimi 
bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash tartiblari belgilab berilgan. 
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda byudjet amaliyotidagi o‘zgarishlar, 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining qabul qilinishi, “Mahalliy davlat 
hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonunga qator o‘zgartirishlar kiritilishi, 
har moliyaviy yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari va davlat 
byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarorlarida davlat byudjetining shakllanishi va 
ijro etilishi bo‘yicha norma va tartib-taomillarning o‘zgarishi bilan davlat byudjeti 
 
12
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 27-modda. O‘RQHT, 2014 y., 36-son, 452-modda 


66 
va byudjet munosabatlarini tashkil etishninghuquqiyasoslari takomillashib 
bormoqda. Bu holatlar davlat byudjeti amal qilishini yangi sifat pog‘onasiga 
ko‘tardi va byudjet resurslarining chegaralanganligi sharoitida butun mamlakatni 
va uning alohida hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda davlat byudjetidan 
samarali foydalanish, barcha darajadagi byudjetlar daromadlarining barqarorligini 
va xarajatlarining oqilona ijrosini ta’minlash masalalariga yangicha talablarni 
qo‘ymoqda. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin