72
yillar).
Davlat byudjeti rivojlanishining birinchi bosqichi juda og‘ir kechdi. Bunga
sabab, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatning byudjetini shakllantirish mamlakatda
kechayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida (YAIM
ishlab chiqarishning keskin
pasayishi,bu esa o‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining qisqarishiga olib
keldi) amalga oshirildi. Daromadlar va xarajatlarning samarasiz tarkibi byudjet
inqirozining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Bu bosqichda davlat byudjeti yaqqol namoyon bo‘luvchi
fiskal xususiyatga
egaedi.Turli-tuman soliqlarning mavjudligi va yuqori soliq stavkalarining amal
qilishi davlatbyudjetini muayyan darajada daromadlar bilan ta’minlashga xizmat
qildi.Byudjetning asosiy vazifalari davlatni iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy
islohotlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar bilan ta’minlash, milliy
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan
iborat edi.
Fiskal bosqich davri yuqori soliq stavkalari va soliq solish bazasining
kengligi
bilan tavsiflanadi, buhol mamlakatda ishlab chiqarishning jadal
rivojlanishiga to‘sqinlikqilar, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun sharoit
yaratish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini
rag‘batlantirish talablariga javob bermasedi. Ko‘p sonli
imtiyozlarning kiritilishi
esa ishlabchiqarishni kengaytirishva tadbirkorliknirivojlantirishda kutilgan natijani
bermadi, balki aksincha,soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga imkoniyat yaratdi.
Iqtisodiy islohotlarning zamonaviy xalqaro amaliyoti davlat byudjetining
makroiqtisodiy tartibga solish va boshqarish vositasi ekanligini ko‘rsatadi.
Hukumat
byudjet
qonunchiligi
yordamida
xarajatlarning
umumiy
darajasini,byudjet taqchilligi va davlat qarzi hajmini nazorat qiladi. Natijada,
qonunchilik makroiqtisodiy siyosatning quyidagi jihatlarini namoyon etadi:
−
Qonunchiqaruvchi
va
ijroiya
hokimiyatlari
o‘rtasida
byudjet
vakolatlarining taqsimlanishi;
73
−
hukumatning
byudjet
tartib-taomillari
nazoratini
cheklovchi
va
shaffofligini pasaytiruvchi yashirin yoki kvazibyudjet faoliyatining ta’qiqlanishi;
−
makroiqtisodiy nazoratni ta’minlash maqsadida byudjet taqchilligi, davlat
qarzi va chetdan mablag‘ jalb qilishning cheklanishi.
Byudjet islohotlarining ikkinchi bosqichi 1995-yilda davlat byudjeti va
byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini
yagona
konsolidatsiyalashgan byudjetga jamlash bilan boshlanib, buning natijasida davlat
byudjetining
shakllanishi
va
taqsimlanishijarayoniustidan
ta’sirchan
moliyaviynazoratnikuchaytirishimkoniyativujudga keldi.
Milliyvalyuta–
so‘mningjoriyetilishi,pulmuomalasinitartibgasolishvaqat’iypul-kreditsiyosatini olib
boorish
yordamidapulislohotlariningo‘tkazilishi
keyingi
ijtimoiy-
iqtisodiyrivojlanishvao‘sishga sharoit yaratdi. O‘tish davridamoddiy ishlab
chiqarish tarmoqlari vaijtimoiysohaning Moliyaviy ehtiyojlari mamlakatda
yaratilayotgan
milliy
daromadni
ishlatish
bo‘yicha
davlatning
real
imkoniyatlaridan yuqori bo‘ladi. Shu sababli bu davrda moliya organlarining
muhim vazifasi moliyaviy resurslarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning muhim
yo‘nalishlarida mujassamlashuvini byudjet taqchilligining oshib ketishiga olib
keladigan xarajatlarni oshirish evaziga emas, balki oqilona soliq tizimini yaratish
evaziga amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sishning
muhim sharti,
shuningdek,byudjet taqchilligini, ichki va tashqi davlat qarzini cheklash
hisoblanadi.
Davlat byudjeti borasida amalga oshirilgan islohotlar ikkinchi bosqichining
muhim jihatlari quyidagilardir:
−
Dostları ilə paylaş: