Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Fiskal bosqich (1991-1995-yillar); −



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
Fiskal bosqich (1991-1995-yillar);

 
Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar); 

 
Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017-
Fiskal bosqich(1991-1995-yillar)ning vazifalari: 

yangi byudjet qonunchiligini yaratish; 

soliq islohotlarini o’tkazish; 

byudjetning xarajatlar qismini qayta tarkiblash; 

byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirishga erishish 
Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar)ning vazifalari: 

balanslashgan byudjetni shakllantirish;

soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish va unifikatsiyalash;

byudjet xarajatlarini optimallashtirish, xususan, xalq xo’jaligi tarmoqlarini mablag’lar 
qaytimini ta’minlay olmaydigan moliyalashtirish amaliyotidan ularni investitsiyalashga 
o’tish;

byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish vazifalarini hal qilish. 


72 
yillar). 
Davlat byudjeti rivojlanishining birinchi bosqichi juda og‘ir kechdi. Bunga 
sabab, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatning byudjetini shakllantirish mamlakatda 
kechayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida (YAIM ishlab chiqarishning keskin 
pasayishi,bu esa o‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining qisqarishiga olib 
keldi) amalga oshirildi. Daromadlar va xarajatlarning samarasiz tarkibi byudjet 
inqirozining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Bu bosqichda davlat byudjeti yaqqol namoyon bo‘luvchi fiskal xususiyatga 
egaedi.Turli-tuman soliqlarning mavjudligi va yuqori soliq stavkalarining amal 
qilishi davlatbyudjetini muayyan darajada daromadlar bilan ta’minlashga xizmat 
qildi.Byudjetning asosiy vazifalari davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
islohotlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar bilan ta’minlash, milliy 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan 
iborat edi. 
Fiskal bosqich davri yuqori soliq stavkalari va soliq solish bazasining 
kengligi bilan tavsiflanadi, buhol mamlakatda ishlab chiqarishning jadal 
rivojlanishiga to‘sqinlikqilar, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun sharoit 
yaratish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini 
rag‘batlantirish talablariga javob bermasedi. Ko‘p sonli imtiyozlarning kiritilishi 
esa ishlabchiqarishni kengaytirishva tadbirkorliknirivojlantirishda kutilgan natijani 
bermadi, balki aksincha,soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga imkoniyat yaratdi. 
Iqtisodiy islohotlarning zamonaviy xalqaro amaliyoti davlat byudjetining 
makroiqtisodiy tartibga solish va boshqarish vositasi ekanligini ko‘rsatadi. 
Hukumat 
byudjet 
qonunchiligi 
yordamida 
xarajatlarning 
umumiy 
darajasini,byudjet taqchilligi va davlat qarzi hajmini nazorat qiladi. Natijada, 
qonunchilik makroiqtisodiy siyosatning quyidagi jihatlarini namoyon etadi:

Qonunchiqaruvchi 
va 
ijroiya 
hokimiyatlari 
o‘rtasida 
byudjet 
vakolatlarining taqsimlanishi;


73 

hukumatning 
byudjet 
tartib-taomillari 
nazoratini 
cheklovchi 
va 
shaffofligini pasaytiruvchi yashirin yoki kvazibyudjet faoliyatining ta’qiqlanishi;

makroiqtisodiy nazoratni ta’minlash maqsadida byudjet taqchilligi, davlat 
qarzi va chetdan mablag‘ jalb qilishning cheklanishi. 
Byudjet islohotlarining ikkinchi bosqichi 1995-yilda davlat byudjeti va 
byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini yagona 
konsolidatsiyalashgan byudjetga jamlash bilan boshlanib, buning natijasida davlat 
byudjetining 
shakllanishi 
va 
taqsimlanishijarayoniustidan 
ta’sirchan 
moliyaviynazoratnikuchaytirishimkoniyativujudga keldi. 
Milliyvalyuta–
so‘mningjoriyetilishi,pulmuomalasinitartibgasolishvaqat’iypul-kreditsiyosatini olib 
boorish 
yordamidapulislohotlariningo‘tkazilishi 
keyingi 
ijtimoiy-
iqtisodiyrivojlanishvao‘sishga sharoit yaratdi. O‘tish davridamoddiy ishlab 
chiqarish tarmoqlari vaijtimoiysohaning Moliyaviy ehtiyojlari mamlakatda 
yaratilayotgan 
milliy 
daromadni 
ishlatish 
bo‘yicha 
davlatning 
real 
imkoniyatlaridan yuqori bo‘ladi. Shu sababli bu davrda moliya organlarining 
muhim vazifasi moliyaviy resurslarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim 
yo‘nalishlarida mujassamlashuvini byudjet taqchilligining oshib ketishiga olib 
keladigan xarajatlarni oshirish evaziga emas, balki oqilona soliq tizimini yaratish 
evaziga amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sishning muhim sharti, 
shuningdek,byudjet taqchilligini, ichki va tashqi davlat qarzini cheklash 
hisoblanadi.
Davlat byudjeti borasida amalga oshirilgan islohotlar ikkinchi bosqichining 
muhim jihatlari quyidagilardir:


Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin