71
dasturini belgilab oldi. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston davlat byudjetining
tarixiy jihatdan juda qisqa, lekin yosh mustaqil davlat uchun sermazmun, serqirra
davrdagi rivojlanish bosqichlari boshlandi. Respublika hukumati tomonidan
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlari
va bozor
mexanizmlarini ishga tushirish choralari ko‘rildi, natijada qator moliyaviy
institutlarning samarali faoliyati ta’minlandi.
Respublikaning davlat byudjetiga uning ichki daromadlari jalb qilindi va
ular 1991-yilgacha bo‘lgan sobiq Ittifoq davlat byudjetidan
ajratilgan transfertlar
summasidan oshib ketdi. Qat’iy moliyaviy cheklashlarning qo‘llanilishi natijasida
davlat byudjetining daromadlari, xarajatlari va taqchilligi hajmi YaIM dinamikasi-
ga muvofiq ravishda tartibga solib turildi. Ijtimoiy sohaga xarajatlarning o‘sish
sur’atlari umumiy xarajatlarning o‘sish sur’atlariga bog‘liq bo‘ldi, ya’ni
O‘zbekistondagi bozor islohotlari mamlakat byudjetiga, uning xarajatlar tarkibi va
tuzilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti o‘z rivojlanish jarayonida
quyidagi bosqichlarni bosib o‘tdi:
−
Dostları ilə paylaş: