75
ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan kapital mablag‘lar hajmini
oshirish;
−
byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish.
6.3. O‘zbekiston Respublikasining yaqin va o‘rta istiqboldagi byudjet-soliq
siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqaro-
lik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga
asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot
kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning
munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat
taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini
belgilash vazifasini amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik
va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari
bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun
hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari,
ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar
tajribasi tahlil qilindi.Shularning asosida 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
13
ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi – olib borilayotgan
islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va
jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir
14
.
Ushbu maqsadga erishish uchun Harakatlar strategiyasida
O‘zbekiston
Dostları ilə paylaş: