Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1.
Byudjet siyosati, uning turlari, maqsad va vazifalari to‘g‘risida nimalarni 
bilasiz? 
2.
Byudjet siyosatining taktikasi va strategiyasini misollarda tushuntirib 
bering. 
3.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining 
rivojlanish bosqichlari va har bir bosqichning ustuvor vazifalari nimalardan iborat 
bo‘ldi?
4.
Xorijiy davlatlardagi byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish yo‘llari va 
mexanizmlari haqida nimalarni bilasiz? 
 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
 
1.
Byudjet-soliq siyosatining bosqichlari va har bir bosqichning asosiy 
vazifalarini aks ettiruvchi taqdimot tayyorlang. 
2.
O‘zbekiston Respublikasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan 
byudjet-soliq siyosatininig asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot tayyorlang. 
3.
“Public budgeting systems” o‘quv qo‘llanmasi asosida xorijiy 
mamlakatlarda byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish xususiyatlari to‘g‘risida 
ma’lumot tayyorlang. 


79 
 
7-BOB. DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH
7.1.
 
 Davlat moliyasini boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish 
obyektlari, subyektlari, ularning guruhlanishi, asosiy vazifalari 
Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida 
markaziy o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi 
muammolar shundan iboratki, bozor xo‘jaligi o‘zini o‘zi tartiblovchi va 
rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko‘rinmas qo‘li”) bo‘lishiga qaramasdan, hech 
qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki, 
umuman olganda, kapitalistik bozor xo‘jaligining yuzaga kelishi faol davlat 
aralashuvi bilan birga sodir bo‘lgan. Masalan, 1563-yilda ingliz qirolichasi 
Yelizaveta I milliy baliqchilikni qo‘llab-quvvatlash va unga bo‘lgan talabni 
oshirish maqsadida o‘z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go‘sht mahsulotlarini 
iste’mol qilishni ta’qiqlagan
15
. 1666-yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish 
bilan bog‘liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 
Xususan, dafn etilayotgan marhumlarni jun matodan bo‘lgan liboslarda dafn etish 
majburiy qilib qo‘yildi. Bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima 
belgilandi.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarining fikricha, bozorning 
“ko‘rinmas qo‘li” davlatning “ko‘rinadigan qo‘li” bilan to‘ldirilib turishi kerak. Bu 
borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi – bu 
aralashuvning qay darajada bo‘lishi bilan bog‘liq, lekin davlatning tartiblovchi 
prinsipi asosan ko‘pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday 
yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko‘ra, bozor o‘z-o‘zidan 
mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini hal qila olmaydi. Misol 
uchun, monopoliya sharoitida o‘z-o‘zini tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, 
 
15
Экономическая история зарубежных стран: учебное пособие / Т.М.Тимошина; под ред. проф. 
М.Н.Чепурина. – 9-ое изд., стер. – М.: Юстицинформ, 2013. -504 стр. 


80 
bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi 
daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda 
bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik davrida 
iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning 
uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo‘shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji 
tug‘iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – bu davlatning iqtisodiyotni 
tartiblovchi unsurlari – dastak va vositalaridir. Ana shu dastak va vositalar ichida 
davlat byudjeti asosiy o‘rinni egallaydi. Davlat byudjeti davlatning qo‘lidagi 
iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish quroli bo‘lish 
bilan birga, iqtisodiy kategoriya sifatida muayyan iqtisodiy munosabatlar 
yig‘indisini tashkil etadi, bu munosabatlarni boshqarish davlat byudjetini va
umuman, mamlakat byudjet tizimini boshqarishda namoyon bo‘ladi. 
Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi: 

byudjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda byudjet 
munosabatlarini boshqarish; 

barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, 
ijro etish jarayonlarini boshqarish; 

byudjet 
jarayonida 
ishtirok 
etuvchi 
subyektlar, 
organlar 
va 
byudjet 
mablag‘larini 
oluvchilar 
faoliyatini boshqarish. 
Byudjet tizimini boshqarish 
ham 
boshqarish 
kategoriyasining 
barcha funksiyalarini bajaradi, ular 
orqali byudjet tizimini boshqarish oldidagi maqsad va vazifalar amalga oshiriladi. Bu 
funksiyalar: 
rejalashtirish, 
tashkil 
etish, 
muvofiqlashtirish, 
nazorat 
va 
rag‘batlantirish.Byudjet tizimini boshqarish tushunchasi subyektiv tushuncha bo‘lib, u 
alohida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi, ularning vakolatlari 


81 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli boshqaruv organlari Nizomlari 
va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan. 
Byudjet tizimini boshqarish 
obyektlari 
bo‘lib byudjet munosabatlari, 
byudjetning daromadlar bo‘yicha shakllanishi va xarajatlar bo‘yicha bajarilishi
byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari, 
shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan ajratilgan mablag‘laridan 
foydalanish asosidagi xo‘jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Byudjet tizimini 
boshqarish subyektlari
esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish
muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega 
bo‘lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – 
boshqaruv organlaridir.
Byudjet tizimini boshqarish subyektlarini, byudjet tizimini boshqarishdagi 
vakolatlariga ko‘ra, quyidagicha guruhlash mumkin: 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin