Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Byudjetlararo 
munosabatlar. 
Ma’lumki, 
mahalliy 
byudjetlarning 
daromadlari 
va 
xarajatlari 
hajmi, 
mahalliy 
byudjetlarning 
barqarorlik 
ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan shu hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik 
darajasiga bevosita bog‘liq. Barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligi byudjet 
tizimining asosiy tamoyili sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu tamoyil turli 
darajadagi vakolatli hokimiyat organlarining o‘z vakolatlari doirasida byudjet 
jarayonini mustaqil ravishda amalga oshirish huquqlarini anglatadi. Har bir 
darajadagi byudjet daromadlarining o‘z manbalari, shuningdek, hududlardagi 
vakolatli hokimiyat organlarining soliq qonunchiligida belgilangan mahalliy 
soliqlar va yig‘imlar stavkalarini o‘zgartirish huquqi qonun asosida mustahkamlab 
qo‘yilgan. Daromadlar manbalarining belgilanishi va ular qonun asosida mahalliy 
byudjetlarga biriktirib qo‘yilishi mahalliy hokimiyat organlarining mustaqilligi va 
byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlashdan manfaatdorligini oshiradi. 
Bunda mahalliy byudjetlarga kelib tushadigan mablag‘larning tartibga soluvchi 
manbalari belgilangan bo‘lib, ular jumlasiga belgilangan me’yorlar bo‘yicha 
umumdavlat soliqlaridan ajratiladigan mablag‘lar kiradi. Barcha darajalardagi 
byudjetlar xarajatlarining yo‘nalishlari aniq taqsimlab qo‘yilganligi, shuningdek 
qo‘shimcha daromadlarni taqsimlashda mustaqillikka ega ekanliklari mahalliy 
hokimiyat organlarining byudjet mablag‘larini mintaqaviy rivojlanish dasturlariga 
muvofiq samarali sarflab borish imkoniyatini beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq, mahalliy byudjetlar 
daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: 
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlaridan ajratmalar; 
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; 
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari;


107 
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar. 
Xorijiy mamlakatlar byudjet amaliyoti tajribalaridan ma’lumki, mamlakat-
larda ularning geografik joylashuvi, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish darajada-
sining turlicha ekanligi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, 
daromad va ijtimoiy salohiyatining boshlang‘ich imkoniyatlari bir xilda emas. 
Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri o‘z fuqarolari farovonligining 
barqaror o‘sishini ta’minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil 
sharoitlar yaratishdan iborat. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini 
byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash orqali erishiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Byudjet 
kodeksining 
“Byudjetlararo 
munosabatlar” deb nomlangan alohida bobida byudjetlararo munosabatlarning 
huquqiy asoslari o‘z aksini topgan.
Davlat byudjetining mablag‘lari turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida 
byudjet 
transfertlari shakllari
asosida qayta taqsimlanadi. Byudjet transfertlarining 
Byudjet Kodeksi bilan belgilab berilgan quyidagi shakllari amalda qo‘llaniladi: 
subvensiyalar - 
muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi 
byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul 
mablag‘lari; 
o‘tkazib beriladigan daromadlar -
tegishli ma’muriy-hududiy birlikda 
(masalan, biror tuman, shahar yoki viloyat hududida) shakllanadigan va yuqori 
turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan, keyinchalik ular qayerda shakllangan bo‘lsa, 
o‘sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlar; 
Byudjetlararo munosabatlar
turli darajadagi byudjetlar (masalan, respublika 
byudjeti bilan viloyat byudjeti), shuningdek, davlat byudjeti bilan davlat 
maqsadli jamg’armalari byudjetlari o’rtasidagi tegishli byudjetlarni 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir. 


108 
dotatsiyalar - 
byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‘z daromadlari 
yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun 
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari; 
byudjet ssudalari - 
qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi 
turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga 
ajratiladigan pul mablag‘lari; 
o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar -
moliya yili mobaynida 
byudjetlar parametrlari o‘zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‘rtasida 
yuzaga keladigan o‘zaro pul munosabatlari. 
Respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet 
subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet kodeksida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog‘liq: 

hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o‘z daromad bazalari 
mustahkamligiga; 

hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va 
boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko‘lamiga; 

hududlar bo‘yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga; 

hududlardagi aholi soniga; 

ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchi 
tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo‘lgan ehtiyojiga; 

hududlar o‘rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun 
hisobga olinadigan boshqa omillarga. 
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy 
byudjetlar rioya qilishi lozim bo‘lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. 
Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko‘ra, balanslashgan 
daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‘lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning 
haqiqatdagi taqchilligiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. 
Bundan tashqari, Byudjet Kodeksi bilan mahalliy byudjetlar uchun quyidagi 
cheklovlar o‘rnatilgan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 


109 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda quyidagilarga 
yo‘l qo‘yilmaydi: 

mablag‘lar jalb qilishni amalga oshirish, bundan yuqori turuvchi 
byudjetlardan byudjet ssudalari olish mustasno; 

tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan ortiq xarajatlarni amalga 
oshirish; 

tegishli byudjetlar mablag‘lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berish; 

yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berish. 
Shunday qilib, “Byudjetlararo munosabatlar – byudjet mexanizmining 
muhim ajralmas elementi bo‘lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari 
subyektlari o‘rtasida markaziy boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni 
taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta’minlaydi va bundan tashqari, 
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida 
huquq va majburiyatlarni o‘zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat 
byudjetida jamlangan pul mablag‘larining bir qismini ushbu subyektlar o‘rtasida 
qayta taqsimlanishini o‘z ichiga oluvchi munosabatlarni anglatadi”
34


Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin