151
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-
sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu
jarayonda
pul
muomala vositasi
vazifasini bajaradi. Dastlab
tovarlarni ayirboshlashda
pulning bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lishi muomala
vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash uni mayda bo‘laklarga
bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Keyinchalik metall quymalari o‘rniga
moneta (metall tanga)lar ishlatila boshlagan. Uzluksiz muomalada bo‘lish
natijasida oltin tangalar eyilib ketishi, o‘z vaznining bir qismini yo‘qotishi sababli
muomalaga to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
Pul
muomaladan chiqarilganda
boylik to‘plash
vazifasini bajara boshlaydi.
Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish
shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik to‘plashning
pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki
davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga
oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish
hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh
yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni
foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar.
Tovarlar nasiyaga to‘lov
muddati kechiktirib sotilganda, pul
Dostları ilə paylaş: