Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


  Pulning kelib chiqishi, mazmuni, vazifalari va bozor iqtisodiyotidagi roli



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4.4. 
Pulning kelib chiqishi, mazmuni, vazifalari va bozor iqtisodiyotidagi roli 
Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli 
nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan 
bog‘liq holda tushuntiriladi.
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud 
bo‘lib, ular orasida ratsionalistik va evolyusion konsepsiyalar muhim o‘rin tutadi. 
Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o‘rtasidagi 
bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi.
Bu holat ularning tovarlarni 
ayirboshlash chog‘ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar 
zarurligiga amin bo‘lishiga asoslanadi. Pulning o‘zaro kelishuv sifatida amal 
qilishi to‘g‘risidagi mazkur g‘oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning 
kelib chiqishiga subyektiv psixologik yondashuv ko‘plab hozirgi zamon xorijiy 
iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul 
kategoriyasi obyektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lmay, kishilar kelishuviga yoki 
davlatning xohishiga bog‘liq bo‘lgan yuzaki, subyektiv kategoriyadir. Ularning bu 
konsepsiyasiga ishonib bo‘lmaydi.
Pul kelib chiqishining evolyusion konsepsiyasiga ko‘ra ular ijtimoiy 
mehnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi 
natijasida vujudga kelgan.
Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining 
tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini 
bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning 
qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda 


147 
ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. 
Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan 
ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida ifodalab, 
ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi 
mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo‘ladi. Pulning paydo bo‘lishi va 
rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o‘rin 
tutadi. Umuman olganda, qiymatning 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin