143
chol ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo‘lgan psixologik
xayol orqali tasvirlab ko‘rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib
boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-
ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol
qilinadi, ikkinchisi –
ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to‘rtinchisi
– pivo tayyorlash, beshinchisi – cholning o‘z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni
boqib, ko‘ngilxushlik qilishi uchun. Bundan ko‘rinadiki, beshinchi qopning
nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan
mahrum bo‘lsa u faqatgina ko‘ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos.
Biroq, to‘rtinchi qopdagi donning yo‘q bo‘lishi cholni pivosiz,
uchinchisi esa
parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol
uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga etadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan
tenglashadi. Shu o‘rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan,
ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi,
degan
savol tug‘iladi. Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo‘q ekan, chol
uchun ularning nafliligi beshinchi, so‘nggi qopdagi donning nafliligi orqali
aniqlanadi. Demak, har bir ne’matning so‘nggi qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha
muhim bo‘lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining
nafliligi kamayib borish
xususiyatiga egadir.
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo‘linishlarga olib kelgan bu
ikki yo‘nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa, ularning hammasi tovarda
gavdalangan mehnatning
ikki tomonlama tavsifini, undan kelib chiquvchi
tovarning ikki xil xususiyati (nafliligi va qiymati)ni tushunmaslikdan, uni bilishga
bir tomonlama yondashuvdan kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ladi (4.2-rasm).
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan olim mashhur
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda
mehnat nazariyasi ham, naflilik va qo‘shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga
ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo‘li
bilan aniqlik kiritishga harakat qildi.