Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Mehnat unumdorligi deb mehnatning vaqt birligi ichida mahsulot ishlab



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Mehnat unumdorligi deb mehnatning vaqt birligi ichida mahsulot ishlab 
chiqarish qobiliyatiga aytiladi. U ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab 
chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish 
uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi.
Misol uchun, duradgor bir ish kuni 
davomida 4 ta stol yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, deb olsak, u holda 1 ta 
stol yasash uchun 2 soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgorning 1 soatlik mehnat 
unumdorligi 0,5 ta stolga teng. Mehnat unumdorligining o‘zgarishi tovar birligi 
qiymatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Mehnat unumdorligi o‘ssa, tovar 
birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar 
birligining qiymati oshadi. Misolimizdagi duradgor yasagan bitta stolning qiymati 
2 soatlik mehnat sarfiga teng edi. Deylik, uning mehnat unumdorligi ikki baravar 
ortib, bir ish kunida 8 ta stol yasash darajasiga etdi. U holda, bitta stolning qiymati 
ham ikki barvar pasayib, 1 soatlik mehnat sarfiga teng bo‘ladi.
Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori 
orqali tavsiflanuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mehnat intensivligi deganda ish 
vaqti birligi davomida mehnat sarfining oshib borishi, ya’ni mehnatning 
jadallashishi tushuniladi.
Mehnat intensivligining oshishi muayyan vaqt 


140 
davomida ko‘proq qiymat yaratilishiga imkon beradi. Mehnat intensivligi 
oshganda vaqt birligi ichida yaratilgan tovar miqdori oshishi mumkin. Lekin 
qiymat ham oshganligi tufayli uning bir birligiga to‘g‘ri keladigan qiymat 
o‘zgarmay qolishi mumkin. 
4.3. Qiymat to‘g‘risidagi turli xil nazariyalar 
 
Tovar qiymatining negizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va 
munozaralarga sabab bo‘lib, bu borada quyidagi ikki asosiy yo‘nalish mavjud: 
1) qiymatning mehnat nazariyasi; 
2) qiymatning naflilik yoki keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin