136
nafliligini aniqlashda alohida olingan individning xayolidagi psixologik yondashuv
bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmonda yolg‘iz yashaydigan
cholning yoki kimsasiz orolda bir o‘zi qolib ketgan
Robinzonning hayoli bilan
aniqlash usulini qo‘llaydilar. Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari
o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o‘rtasida real qaynoq hayot jarayonida sodir
bo‘ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik
tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to‘g‘rirog‘i naflilik aniq
mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o‘zgartirilishi
natijasida vujudga
kelishini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Tovarlar nafliliigini to‘g‘ri tushunishda
naflilikning ijtimoiyligini tushunish muhim hisoblanadi. Tabiatda mavjud bo‘lgan
yoki inson mehnati bilan yaratilgan maxsulotning hammasida naflilik mavjud
bo‘lishi mumkin. Lekin tovar sifatida ishlab chiqarilgan
maxsulot faqatgina
o‘zining emas, boshqalarning extiyojini qondirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Chunki tovar o‘zi uchun emas, boshqalarga sotish uchun ishlab chiqariladi.
Shuning uchun tovar ayirboshlash (oldi-sotdi) rivojlanishi bilan tovardagi naflilik
ham
ijtimoiy tus oladi, ya’ni u oddiy naflilik tushunchasidan “ijtimoiy naflilik”
tushunchasiga aylanadi. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan
yaratilgan har qanday tovar ham naflilikka ega bo‘lavermaydi. Masalan, sifatsiz,
keraksiz ishlab chiqarilgan yoki keragidan ortiqcha ishlab chiqarilgan tovarlar
nafliligi jamiyat uchun, bozor uchun keraksiz bo‘lib, tan olinmaydi. Shuning uchun
iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va real
bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Dostları ilə paylaş: