Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish – tovar ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – tovar xo‘jaligi deyiladi. Tovar
xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati
mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarish natural
xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o‘sishi natijasida paydo
bo‘ladi. Natural va tovar xo‘jaliklarining bir-biridan farqini 4.1-jadval orqali
ko‘rish mumkin.
4.1-jadval Natural va tovar xo‘jaligining asosiy farqlari Asosiy jihatlar Natural xo‘jalik Tovar xo‘jaligi 1. Ne’matlar ishlab
chiqarishning asosiy
maqsadi
Shaxsiy ehtiyojlarni
qondirishda foydalanish
Boshqa
tovarlarga
ayirboshlash, bozorda oldi-
sotdi qilish
2. Ishlab chiqariladigan
mahsulot tarkibining
aniqlanishi
Ehtiyojlar va imkoniyatlar-
dan kelib chiqqan holda
oldindan aniqlanadi
Bozordagi muayyan talab va
ishlab chiqaruvchining xususiy
manfaati asosida aniqlanadi
3. Iste’molchini o‘ziga
jalb etish uchun kurash
Bunday kurash mavjud
emas
Bunday kurash mavjud va
tovar xo‘jaligining rivojlanishi
bilan kuchayib boradi
4. Ishlab chiqarilgan
mahsulotning iste’mol
qilinish darajasi
Barcha ishlab chiqarilgan
mahsulotlar to‘liq iste’mol
qilinadi
Ishlab
chiqarilgan
mahsulotlarning ayrim turlari
va qismlari sotilmay qolishi,
ya’ni iste’mol kilinmasligi
mumkin
5. Ishlab chiqarish
jarayonida ishchi
kuchining ishtirok etish
tamoyillari
Ishlab chiqarish jarayonida
faqat o‘zining va oila
a’zolarining ishchi kuchidan
foydalaniladi
Ishlab chiqarish jarayonida
ustun ravishda yollanma ishchi
kuchidan keng foydalanish
mumkin
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi
munosabatlarning, mehnatni o‘lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga
kiritishning o‘ziga xos usulidir. Natural xo‘jalikni siqib chiqarish va tovar
ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi
131
asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li
bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni
turli xil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo‘yadi.
Ayni paytda ixtisoslashuv mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi,
demak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo‘lib ham boradi.
Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo‘jaligini rivojlantirishning
harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab
chiqaruvchilar tobora bir-birlariga ko‘proq bog‘lanib boradilar. Dastlabki davrlarda
tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, feodal va dehqon xo‘jaliklari
o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman
jamiyatning rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochgan.
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining
barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy
asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u
yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‘z
navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam
muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi va rivojlanishi. Bunda ular
o‘z mulklari hamda mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar;
3) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Iqtisodiy
alohidalik xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi hal
qilishini bildiradi;
4) Pulning kelib chiqishi va rivojlanishi;
5) Ishchi kuchining tovarga aylanishi.
Xuddi shu besh holat hamma narsani tovar sifatida ayirboshlash va ishlab
chiqarishni tovar sifatida olib borishni zarur qilib qo‘yadi va bozor iqtisodiyoti
vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni
bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab
132
chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab
chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri
bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.