126
Ishlab chiqarishning texnologik usuli
–
mehnat vositalari, materiallar,
texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Oddiy kooperatsiya
– bir xil ishni yoki xizmat
vazifasini bajaruvchi
xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushmasi.
Manufaktura
– mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud
bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiya.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish
– mehnat taqsimoti hamda mashinali
mehnatga asoslangan kooperatsiya.
Iqtisodiy tizim
– mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni
tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va
iqtisodiy muassasalar bilan
birgalikdagi tizimi.
Mulkchilik munosabatlari
– mulkka egalik qilish,
undan foydalanish, uni
o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish
– mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki
ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol
qilinishi.
Dostları ilə paylaş: