4-bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI - BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIDIR Oldingi
boblarda
ishlab
chiqarishning
umumiy,
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan qonun-qoidalari va
tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o‘zgarib turishini ko‘rib
chiqdik. Lekin ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo‘lsada, uzoq
davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy
taraqqiyotining ko‘pgina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ayrim
turlari uzoq vaqt mavjud bo‘ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi emirilayotgan
sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan
boshqasiga o‘tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda.
Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy hodisa yoki jarayonlarning turli tarixiy
davr sharoitidagi mazmuni, o‘rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko‘p jihatdan turlicha
bo‘ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Ana
shunday tarixiy iqtisodiy jarayonlardan biri tovar-pul munosabatlari bo‘lib, hozirgi
davrda uning o‘rni va roli yanada oshib dolzarblik kasb etmoqda. Shu sababli
ushbu bobda ijtimoiy xo‘jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning natural va tovar
shakllari tahlili, ularning biridan ikkinchisiga o‘tish sabablari, tovar va uning
xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo‘lgan turli
yondashuvlar, pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari, O‘zbekiston milliy
valyutasining muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini ta’minlash dasturiy
harakatlari yoritiladi.
4.1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita
umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan
birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida
129
yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun,
xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Demak,