Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

o‘z ehtiyojlarini qondirish 
uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga 
asoslangan xo‘jalik esa – natural xo‘jalik deb ataladi.
Bunday xo‘jaliklarda 
iste’mol hajmi va tarkibi ko‘pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, 
ularning bir-biri bilan bog‘lanishi bir xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli 
juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada
keyinchalik patriarxal dehqon xo‘jaligi, feodal pomestyalarida hukm surgan. 
Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida 
qat’iy cheklab qo‘yadi, tashqi xo‘jaliklararo aloqalar uchun yo‘l ochilmaydi. Ishchi 
kuchi muayyan xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish 
imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Natural xo‘jalik shakllarining xuddi shu 
xususiyatlari qishloq xo‘jalik jamoalarini ming yillar davomida barqaror saqlanib 
qolishining «siri»ni ochib beradi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini 
nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga 
bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo‘lida asta-sekinlik bilan 
natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi. 
Hozirda ijtimoiy xo‘jalik yuritish shakli sifatida natural xo‘jalik deyarli 
barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon 
hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan qoloq mamlakatlarda natural 
xo‘jalik ko‘rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdek, tovar ishlab chiqarish 
ommaviy tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural 
ishlab chiqarish elementlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy 
ehtiyojlarni qondirish uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva 
mahsulotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi 
xizmatlarning bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rezavor 
mevalarning etishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay, 
kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish 
miqyoslari qisqarib, o‘z o‘rnini tovar ishlab chiqarishga bo‘shatib beradi. 


130 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin