127
3. Ishlab chiqarish usullarining eng muhim o‘ziga
xos belgilarini ajratib
ko‘rsating. Bir ishlab chiqarish usulining boshqasiga almashinishi sabablari haqida
mulohaza bildiring.
4. Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab ko‘rsating.
Fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga ta’siri qanday?
5. Ishlab chiqarish texnologik usullarining bosqichlari bir-biridan nima bilan
farqlanadi?
6. Iqtisodiy tizim nusxalarini farqlantiradigan
asosiy belgilarini sanab
ko‘rsating.
7. Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli shakllarining
iqtisodiy mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini
ajratib ko‘rsating.
8. Mulk subyektlarining ko‘p darajali bo‘lishiga sabab nima?
Mulkchilik
shakllarining farqlanishi asosida nima yotadi?
9. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini
taqozo qiladi? Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish
nima uchun hozirgi bosqichda obyektiv zaruriyat hisoblanadi? Xususiylashtirish
bosqichlari va shakllariga tavsif bering.
10. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz?
Bu usullardan birini
tanlab olishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?